Konstantin Ivanov
(Ivanov Konstantin Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)
Konstantin Vasilyevich Ivanov (1890-yil 15(27)-may — Belebeyevsk tumani, Boshqirdiston — 1915-yil 13(26)-mart) — chuvash shoiri. Chuvash adabiyoti asoschisi, muallim. Chuvash oʻrta maktablari uchun oʻquv qoʻllanmalari va alifbo tuzishga hissa qoʻshgan. Ilk ijodi 1905—1907-yillar rus adabiyotidagi sheʼr va asarlarini chuvash tiliga tarjima qilishdan boshlagan. „Ikki qizim“, „Ochlik ertaklari“, „Temir iylagich“ va „Beva“ balladalari, „Shaytonning kuli“ fojia va boshqa publitsistik sheʼrlar muallifi. „Narspi“ (1908) dostoni haq-huquqsiz chuvash ayoli haqida. Ivanov chuvash sheʼriyatida birinchi boʻlib sillabiktonik sheʼr tizimini qoʻllagan[1].
Manbalar
tahrir