Ivar Giaever
Ivar Giaever (1929.5.6, Bergen, Norvegiya) — amerikalik fizik. Ilmiy ishlari tunnel effekti va oʻta oʻtkazuvchanlikka oid. 1960-yilda birinchi boʻlib oʻta oʻtkazgichlarda tunnel effektini, yaʼni elektronlar bir oʻta oʻtkazgichdan boshqasiga oʻta boshlashini kuzatgan. B. Jozefson nomi bilan ataluvchi nostatsionar effektni kashf etgan. Tunnel effekti yordamida temperaturani oʻlchash mumkinligini birinchi marta koʻrib chiqqan. 1965-yilda tunnel oʻtishning boshqa oʻtish yordamida nurlanishini qayd etgan. Nobel mukofoti laureata (1973, Brian Josephson va Leo Esaki bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |