Ixtioftirioz
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Ixtioftirioz – akvarium va Chuchuk suv baliqlarining deyarli barcha turida uchraydigan oʻta xavfli kasallik boʻlib, Ophryoglenidae oilasi, Tetrachimenidas Ichthyophthirius turkumiga kiruvchi infuzoriyalar tomonidan chaqiriladi. Dengiz baliqlarida shunga oʻxshash kasallikni Cryptocarion turkumiga mansub ixtioftirius deb ataluvchi infuzoriyalar chaqiradi. Ixtioftirioz koʻproq yer sharining issiq hududlarida tarqalgan. Ixtioftirioz Sharqiy va Gʻarbiy Yevropa, Kanada, Amerika, Rossiya baliqchilik xoʻjaliklarida tez-tez uchramoqda. Kasallik, shuningdek, Ukraina, Belorussiya, Qozogʻiston, Markaziy Osiyo respublikalarida va Kavkazortida qayd etilgan. Ogʻir kasalliklar singari bu ham zich joylashgan baliqli suv havzalarida uchraydi. Koʻp miqdorda yosh va voyaga yetgan baliqlarning nobud boʻlishi tufayli katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Qoʻzgʻatuvchi boʻlib bitta tur Ichthyophthirius multiphiliis F. (1876) hisoblanadi. Bu kasallik qoʻzgʻatuvchisi sharsimon infuzoriya. Bu infuzoriyaning tanasi tashki tomonidan koʻp sonli kipriklar bilan qoplangan. Yumaloq infuzoriyalar baliq tanasida, terisida, jabrasida, koʻz shox pardasida keng tarqaladi. Asosan karpsimonlarda keng tarqalib, katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Baliq terisi va jabrasida joylashgan infuzoriya oq shishlar hosil qiladi. Shishlarning diametri 1 mm ni tashkil qiladi. Shishlar toʻliq yetilgandan soʻng yoriladi, soʻngra parazit suv tubiga tushib sistaga oʻraladi. Har bir sistadagi infuzoriya rivojlanadi, boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi. Har bir sistada 200 gacha daydi hujayralar hosil boʻladi. Daydi yosh infuzoriyalar sistadan chiqib, suvda suzadilar va suv boʻylab tarqaladilar. Tashqi muhitda daydib yuruvchi infuzoriyalar 55 soat davomida hayot kechirishi mumkin. Baliqga duch kelishi bilan ularning terisiga yopishib oladi va yangi hayot siklini boshlaydi va parazitlar geometrik progress orqali koʻpayadi. Bu parazit uchun siklli koʻpayish xos boʻlib, koʻpayish jarayonida uning morfologiyasi xam oʻzgaradi. Baliqlarda voyaga etgan parazit davri – trofonta parazitlik qiladi. Torfontaning tanasi deyarli yumaloq yoki tuxumsimon. Old tarafida uncha katta boʻlmagan ogʻiz boʻshligʻi va halqumi bor. Butun tana yuzasi meridional joylashgan kiprikchalar bilan qoplangan, ular ogʻiz teshigida birlashishadi. Tanasining oʻrtasida yoʻgʻon kolbasimon makronukleos joylashgan, uning oʻyilgan qismida esa koʻzga tashlanmaydigan mikronukleos joylashgan. Sitoplazmada bitta qisqaruvchi vakuolasi bor.