Ixtisoslashgan xoʻjalik (qishloq xoʻjaligida) — moddiy i.ch. tarmoklarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muayyan mahsulot turini eng katta salmoqda ishlab chiqaruvchi xoʻjalik. I. x. 2 guruhga ajra-tiladi. Birinchi guruhga davlat ahamiyatiga ega vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan chuqur ixtisoslashgan xoʻjaliklar kiradi. Mas, turli sohalardagi ixtiro va ilgʻor tajribalarni sinovdan oʻtka-zishga hamda seleksiya tadbirlari asosida serhosil, tezpishar sifatli urug navlari va mahsuldor chorva mollarini yaratish hamda ularni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklar shular jumlasidandir. Ikkinchi guruhga qulay tabiiy va iqtisodiy omillar asosida u yoki bu mahsulotni salohiyati dara-jasida i. ch. imkoniyatga ega va asosan, shu mahsulotni yetishtirishga ixtisoslashgan (paxtachilik, sabzavotchilik, qorakoʻlchilik, asalchilik) xoʻjaliklari kiradi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tovarlik darajasi xoʻjalikning ixti-soslashuvini belgilovchi asosiy koʻrsatkich boʻlib hisoblanadi. Eng yuqori tovarlik darajasi va tovar mah-sulotlarini qiymatida salmoqli oʻringa ega boʻlgan mahsulot I. x.ning asosiy faoliyati yoʻnalishini koʻrsa-tadi. I. x. mahsulot yetishtirish qajmini koʻpaytirish va harajatlarni kamaytirish hamda sifatli, raqobatbardosh tovarlar i. ch. va sotish, tarmoqlarning daromad berish darajasini oshirishda katta imkoniyatlarga ega. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil