Maryam Ixtiyorova (1939-yil 21-aprel, Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 2022-yil 22-mart, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1959-yildan Muqimiy teatrining aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Muhabbat („Ikki bilaguzuk“), Nursuluv („Jon qizlar“), Karomat („Toshbolta oshiq“), Halima („Halima“), Obidaxon („Muqimiy“), Xolisxon („Xolisxon“), Mengli („Mahtum-quli“), Jumagul („Qoraqalpoq qizi“), Xonuma („Xonuma xonim“), Rayhona („Toʻydan oldin tomosha“), Qutlugʻni-gor („Har kimki jafo qilsa“), Omina („Ibrohim Alayhussalom tavalludlari“), Zubayra („Kuyovlar konkursi“), Qaynona („Super qaynona“) va b. „Koʻngil koʻchalari“ videofilmidagi Gulsanam roli bilan yanada elga tanildi. I. lirik va harakter-1 li rollar ustasi, hajviy rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Samimiyat, hayotiy talqin, sahna harakatlarining aniqligi I. ijodiga xos.[1]

Maryam Ixtiyorova
Tavalludi 21-aprel 1939-yil
Vafoti 22-mart 2022-yil(2022-03-22)
(82 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1959 – 2022
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil