Isidor Isaac Rabi
(Izidor Rabidan yoʻnaltirildi)
Isidor Isaak Rabi (talaffuzi: Izidor Isak Rabi) (1898.29.7, Rimanuv, hozirgi Polsha — 1988) — amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1940). Kornell universitetini tugatgan (1919). 1929-yildan Kolumbiya universitetida ishlagan (1937-yildar professor). Massachusets texnologiya instituti radiatsiya laboratoriya direktorining yordamchisi (1940—45). Ilmiy ishlari magnetizm, yadro fizikasi, kvant mexanikasi va boshqalarga oid. Rabi atom yadrosining magnit momentini radiochastotali rezonans yoʻli bilan oʻlchashning yangi usulini ishlab chiqib (Rabi shkalasi) proton va deytronning magnit momentini aniqlagan (1933—39). Nobel mukofoti laureati (1944)[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |