Galiya Izmaylova
Galiya Bayazitovna Izmaylova (1923.12.2, Tomsk – 2010.2.10, Toshkent) – balet artisti, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1951). Toshkent balet maktabini (1941), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1961)ni tugatgan. 1941 yildan Navoiy teatrining yetakchi balet yakkaxoni, 1977—85 yillar bosh baletmeyster, 1985 yildan baletmeyster. Semurgʻ („Oq bilak“), Mariya, Zarema („Bokchasaroy favvorasi“) kabi ilk rollaridayoq qahramonlar ichki du-nyosini ifodali harakatlar orqali ochib berishga intilgan. Eng yaxshi rollari: Kitri („Don Kixot“), Gulo-yim („Qirq qiz“), TaoXoa („Lola-qizgʻaldoq“), Odetta-Odiliya („Oqqush kuli“), Xuanita („Don Juan“), Gulnora („Raqqosa“), Karmen („Karmensyuita“), Layli („Layli va Majnun“), Chundari („Sevgi tumori“), Egina („Spartak“) kabi obrazlari badiiy yuksakligi, ijro texnikasining mukam-malligi, yevropa mumtoz raqsini anʼ-anaviy oʻzbek raqs harakatlarida uygʻunlashtirilishi bilan ajralib turadi. „Oqqush kuli“, „Navruz“, „Shahrizoda“, „Sevgi tumori“, „Kashmir afsonasi“, „Sevgi afsonasi“, „Boqchasaroy favvorasi“, „Esmeralda“, „Orzu“, „Knyaz Igor“, „Buron“, „Faust“, „Zebunniso“, „Umar Xayyom“, „Al Fargʻoniy“ kabi operalarning raqslarini sahnalashtirgan.
Galiya Izmaylova | |
---|---|
Tavalludi | 12-fevral 1923-yil |
Vafoti |
2-oktyabr 2010-yil (87 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
I. yangi turdagi oʻzbek mumtoz raqs maktabi asoschilaridan. U Fargʻona, Buxoro, Xorazm xalq raqslari va Yevropa raqsining ijobiy taʼsirida zamon mumtoz rake miniatyuralarining yaratuvchisi va mohir ijrochisi sifatida tanildi. M. Ravelning „Bolero“ baleti, shuningdek, M. Ashrafiyning „Dilorom“ operasi uchun „Soʻgʻdiyona“, „Xindi“, „Arab“ va „Fargʻona“ kabi mustaqil xoreografik miniatyuralar yaratdi. Qardosh xalqlar, Sharq va b. xalqlarning milliy xoreografik sanʼatini oʻrganib, „Jahon xalqlari raqslari“ konsert dasturini tuzdi.
Uning repertuarida Hindiston, Indoneziya, Myanma, Suriya, Misr, Meksika, Argentina, Kuba kabi turli mamlakat xalqlarining milliy raqslari mavjud. I. „Bahor“, „Lazgi“ va b. ansambllarda koʻpgina raqslar sahnalashtirgan. Bir qancha mamlakatlarda gastrolda boʻlib, tomoshabinlarni oʻzbek xalq raqslari bilan tanishtirgan. I.ga bagʻishlangan „Umrga teng raqs“ filmi suratga olingan (1984). Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). „Shuhrat“ medali (1997), „Doʻstlik“ ordeni (1998) bilan mukofotlangan.
Adabiyot
tahrir- Avdeyeva L., Galiya Izmaylova, T., 1975.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |