Izolyator (qurilma)
Izolyator — 1) elektr kuchlanishi ostida boʻlgan elektr qurilmalarini elektrdan ajratish (izolyasiyalash) va mexanik bogʻlash uchun moʻljallangan qurilma. I. dielektrik va uni mahkamlash detallaridan iborat. Tokni yomon oʻtkazadigan materiallar (mas, chinni, ebonit, shisha, steatit, ultrachinni va b.) dan yasaladi. I.ning tuzilishi va oʻlchamlari ularga qoʻyiladigan mexanik yuk (nagruzka) lar va qurilmadagi elektr kuchlanishga, ishlatish sharoitlariga qarab tanlanadi. Elektr uzatish liniyalaridagi ochiq elektr st-yalari hamda kichik st-yalardagi I.ga atmosfera, yogingarchiliklar kuchli taʼsir etadi. Bunday hollarda I.ning tashqi yuzasi murakkab shakllarda yasaladi, 6—35 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida shtirli I., undan yuqori kuchlanishli liniyalarda I. shodalari, ichiga transformator moyi toʻldirilgan chinni korpusli I. qoʻllanadi; 2) solishtirma elektr qarshiligi katta boʻlgan modda (dielektrik); 3) radiotexnikada — elektr qarshiligi katta boʻlgan 2 simli yoki koaksi-al liniyaning qisqa tutashtirilgan boʻlagi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |