Izomorfizm
Izomorfizm (izo... va yun. morphe — shakl) — kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning oʻzgaruvchan tarkibli birikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyati. Izomorfizm hodisasini birinchi marta 1819-yil nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan vatermin sifatida taklif qilgan. Izomorfizm tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan boʻlib, yer poʻstining turli termodinamik zonalarida uchraydi. Elementlarning oʻzaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radi-usining kattaligi, kristallokimyoviy xususiyatlari (koordinatsiya soni, va-lentligi, strukturasi, kristallanish sistemasi) va tabiiy termodinamik sharoitlar (temperatura, bosim, paydo boʻlgan chuqurligi va joyi)ga bogʻliq. Tekshirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) izomorfizmlar borligi aniqlangan. Izovalentli izomorfizm uchun olivin mi-nerali tarkibidagi oksidlanish dara-jasi teng boʻlgan Mg2+ va Gʻe2+ misol boʻla oladi. Birinchisi forsterit (MgSiO4), ikkinchisi fayalit (FeSiO4) holida cheksiz izomorfizm aralashmasi hosil qilishi natijasida olivin minerali paydo boʻladi. Plagioklaz guruxdsagi Sa2+ bilan Na+ kationlarining oʻrin almashishi geterovalentli izomorfizmdir. Bunda oksidlanish darajasi +1 ga teng boʻlgan Na+ kationi oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlgan Sa2+ kationi bilan oʻrin almashadi. Izomorfizm aralashmalari cheksiz va cheklangan boʻladi. Cheklangan izomorfizmda elementlar oʻzaro maʼlum miqdordagina aralashma hosil qila oladi. Izomorfizm hodisasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday hrlatda joylashganligini, shuningdek, sintez usulida olingan, zamonaviy texnikada qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichlar, ferromagnetiklar, pye-zo- va segnetoelektriklar, lyumino-forlar, lazer materiallari va boshqalarning foydali xossalarini aniqlashda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |