Karbotsiklik birikmalar (lot carbo-koʻmir va yun. kyklos — halqa, doyra), izotsiklik birikmalar — molekulasidagi uglerod atomlari halqasi (sikli) bor boʻlgan organik birikmalar. Mas, siklopentan (I), siklogeksan (II), benzol (III) va hokazo

K.b. molekulalari halqasida uglerod atomlaridan tashqari boshqa elementlar, mas, azot, kislorod, oltingugurt atomlari buladigan geterotsiklik birikmalardan, shuningdek, ochik, zanjir hosil qilib birikkan atsiklik birikmalardan farq qiladi. K.b. organik birikmalarning asosiy sinflaridan biri. Alitsiklik va aromatik birikmalar ga boʻlinadi. K.b. tabiatda goyat keng tarqalgan. Ularning koʻpchiligi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. K.b. ga neft uglevodorodlari, terpenlarning koʻpchiligi, bir qator antibiotiklar, buyoqlar, dorivor moddalar, insektitsidlar va b. kiradi. Sintetik smolalar, plastmassalar va h.q. olishda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil