János Áder

2012-yildan 2022-yilgacha Vengriya prezidenti

Janos Ader (talaffuzi: Yanosh Ader; veng.: Áder János; 9-may 1959-yil, Chorna) – Vengriyalik siyosatchi, 2012-yildan 2022-yilgacha Vengriya prezidenti lavozimida ishlagan. „Fidesz“ partiyasining oʻng qanotda uzoq yillik siyosatchisi.

Janos Ader
veng.: Áder János
 8-Vengriya Prezidenti
Mansab davri
2012-yil 10-maydan – 2022-yil 9-maygacha
Oʻtmishdoshi Pál Schmitt
László Kövér (v.b.)
Vorisi Katalin Novák
 23-Vengriya Parlamenti raisi
Mansab davri
1998-yil 18-iyundan – 2002-yil 14-maygacha
Oʻtmishdoshi Zoltan Gall
Vorisi Cathalin Sili
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-may 1959-yil (1959-05-09) (65 yosh)
Chorna
Mukofotlari 1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni1-darajali Doʻstiq ordeni

Biografiyasi

tahrir

Janos Ader Dyor-Moson-Sopron okrugidagi kichik Chorna shahrida Rim-katolik oilasida tugʻilgan. Doʻkon sotuvchisi Janos Ader (1932–1980) va buxgalter Teresia Saboning (1936-yilda tugʻilgan) oʻgʻli. Ader ona shahrida ulgʻaygan va boshlangʻich taʼlimni shu yerda tugatgan[1]. 1978-yildan boshlab Budapeshtdagi Eötvös Lorand universitetining huquq va siyosiy fanlar fakultetida besh yil huquq fakultetida tahsil oldi[1][2]. 1986—1990 yillarda Vengriya Fanlar akademiyasi Sotsiologik tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻlgan[2].

1989-yilda Vengriyada kommunizm tugashi davrida Vengriya siyosiy harakatlarida qatnashdi. 1990—2009-yillarda Vengriya Milliy Assambleyasining aʼzosi boʻlgan va 1998—2002 yillarda uning spikeri boʻlgan. 2002—2003-yillarda „Fidesz“ga vaqtincha raislik qilgan. 2002—2006-yillarda Fides parlament guruhi rahbari boʻlib ishlagan[3][4][5].

Ader 2009 yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida deputat etib saylangan. 2012-yilning yanvaridan mayigacha Yevropa parlamentining atrof-muhit, aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Ader oʻzidan oldingi Pal Shmitt plagiat mojarosi tufayli isteʼfoga chiqqanidan keyin Vengriya prezidenti boʻldi. Árpád Gönczdan beri qayta saylangan va ikki muddatni bajarishga qodir boʻlgan birinchi davlat rahbari edi. Uchinchi muddatga saylanish huquqiga ega emasligi uchun uning oʻrniga Fidesz siyosatchisi Katalin Novak keldi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir