Jaʼfariy Ali Sardor (1913.29.2, Balrampur, Ganda okrugi) — hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Urdu tilida ijod qiladi. Dexlidagi universitetni tamomlagan. "Hind xalq teatrlari Assotsiatsiyasi"ning asoschilaridan biri. "Yangi dunyoga salom!" (1947), "Olamning quyoshi" (1950), "Osiyo uygʻondi" (1950), "Yana bitta orzu" (1965), "Qon daʼvati" (1978) kabi sheʼriy toʻplamlar va dostonlar muallifi. "Bu kimning qoni?" (1943) pyesasi fashizmga qarshi ruxda yozilgan. Urdu adabiyoti uchun yangilik boʻlgan "oq sheʼr" va b. uslubiy yoʻnalishlarda samarali ijod qilgan. "Taraqqiyparvar adabiyot" (1951) nomli kitobida hind adabiyoti tarixini ilgʻor ijtimoiy-estetik nuqtai nazardan tahlil etgan. Mirzo Gʻolib, Mir Toqi Mir kabi urdu adabiyotining yirik namoyandalari asarlarini toʻplab, nashr ettirgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil