Ja’farxoja naqib madrasasi
Jaʼfarxoja naqib madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan.
Jaʼfarxoja naqib madrasasi XVIII asrda Jaʼfarxoja guzarida[1], Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniylar hukmdori Ubaydullaxon davrida Muhammad Jaʼfarxoja naqib bunyod etilgan. Manbalarda ushbu madrasada 40 nafar mudarris talabalarga taʼlim bergan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Jaʼfarxoja naqib madrasasiga oid vaqf hujjatlari koʻchirma nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu vaqf hujjatlari Buxoro amiri Amir Shohmurod davrida koʻchirilgan. Unda madrasa pishiq gʻisht, togʻ toshi va yogʻochdan qurilgani yozib qoldirilgan. Madrasaning yogʻochdan 19 ta hujrasi, tashqi sahni va bitta gumbazi bor edi deb yozilgan. Jaʼfarxoja naqib madrasasi gʻarbida voqifning yer-mulki, sharqida Qohirxoja xonaqohi va shimolida chorbogʻi, janubida koʻcha mavjud boʻlgan. Vofiq ushbu madrasa uchun koʻplab hududlarni vaqf qilgan boʻlib, Chorjoʻy viloyatida Koʻyi Navak Dargʻon, Sufrador, Bachkas, Boyazd Dargʻon, Qorakoʻldagi Arna, Shofirkomdagi Parokanda, Karjan mavzesidagi bir qancha hududlarni vaqf qiladi. Ushbu madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. Undan soʻng esa madrasa oldidagi Qohirxojadagi sangin honaqohi imomi mutavvali boʻlgan. Abdurauf Fitrat maʼlumotlariga koʻra ushbu madraning yillik vaqf mablagʻi 250 ming tangani tashkil etgan. Olga Suxareva maʼlumotlariga koʻra ushbu madrasa 50 ta hujradan iborat boʻlgan. Muhammad Jaʼfarxoja naqib Buxoroda hukmronlik qilgan ashtarxoniy hukmdorlar Subhonqulixon va Ubaydullaxon davrida yashagan. U Ubaydullaxon davrida naqib darajasiga koʻtarilgan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 18 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3].
Jaʼfarxoja naqib madrasasi 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Madrasa | |
Jaʼfarxoja naqib madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Muhammad Jaʼfarxoja |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Jaʼfarxoja |
Asosiy sana: XVIII asr
| |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 19 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Manbalar
tahrir- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.