Jabal-Shammar Amirligi

Arabiston yarim orolidagi davlat

Jabal-Shammar amirligi — 1836—1921-yillarda mavjud boʻlgan davlat, Arabiston yarim orolidagi amirlik. Poytaxti — Hoil shahri.

Jabal-Shammar Amirligi
Arab.إِمَارَة جَبَل شَمَّر
bayrogʻi
Location of Jabal-Shammar Amirligi
Poytaxt Hoil
Eng katta shahar Hoil va Ar-Riyod
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Mutloq Monarxiya
• Amir
  • Abdulloh Ibn Roshid (birinchisi)
  • Muhammad ibn Talol (Oxirgisi)
• Tashkil Topgan
1836-yildan
• Tugatilgan
1921-yil 2-noyabrgacha
Pul birligi Shammar riyoli

Tarixi

tahrir

1818 yil oxirida Saudiyaning Diriya amirligi misrliklar tomonidan mag‘lubiyatga uchratildi. Saudiylarga vassal qaram bo‘lgan Hoil amirligida Al Ali va Al Rashid sulolalari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi.

1835-yilda Al-Rashid urug‘idan bo‘lgan aka-uka Abdulloh va Ubayd hukmdor Solih ibn Abd Muhsinni o‘ldirish orqali Hoilda hokimiyatni egallab oldilar. Shu bilan birga, birodarlar o‘zlarini hokimiyat uchun kurashda yordam bergan Saudiya amiri Faysal I ning vassallari sifatida tan oldilar.

Amir Muhammad I hukmronligi (1872-1897) Jabal Shammarning gullagan davri va Al Rashid urug‘ining eng katta qudratli davri edi. 1891-yil yanvarda Muhammad I Riyodni zabt etdi, u yerda Abdurrahmon ibn Faysal Al Saud unga qarshi isyon koʻtardi. Shundan so‘ng Muhammad ar-Rashid o‘zini Markaziy Arabistonning so‘zsiz hukmdori sifatida nomoyon etdi.

1897-yilda Muhammad I vafotidan keyin Rashidiylar davlatining tanazzulga uchrashi boshlandi. 1902-yilda Saudiya shahzodasi Abdul-Aziz Ar-Riyodni bosib oldi va vahobiylar davlatini tikladi. Saudiyaliklar va Rashidiylar oʻrtasida Arabistonda hukmronlik uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi. 1906-yilning aprelida amir Abdulaziz ar-Rashid Qosimda butunlay mag‘lubiyatga uchradi va jangda halok bo‘ldi. Yangi amir uning toʻngʻich oʻgʻli Mitob II ibn Abdulaziz boʻlib, Saudiya Arabistoni bilan sulh tuzib, ularning Qosim janubidagi barcha xurujlarini tan oldi.

Birinchi jahon urushida davlat ‘‘To‘rtlar Ittifoqi,, kuchlari bilan harakat qildi.

1921-yilda amirlik Saudiya davlatiga qoʻshib olindi.

Jabal Shammar amirlari ro‘yxati

tahrir
  • Abdulloh ibn Ali Al-Rashid (1836—1837, 1837—1847)
  • Iso ibn Ubaydulloh Al-Ali (1837)
  • Talol ibn Abdulloh Al-Rashid (1847—1868)
  • Mitob ibn Abdulloh Al-Rashid (1868—1869)
  • Bandor ibn Talol Al-Rashid (1869—1872)
  • Muhammad ibn Abdulloh Al-Rashid (1872—1897)
  • Abd Al-Aziz ibn Mitob Al-Rashid (1897—1906)
  • Mitob ibn Abd Al-Aziz Al-Rashid (1906)
  • Sulton ibn Hamud ibn Ubayd Al-Rashid (1906—1908)
  • Saud ibn Xamud ibn Ubayd Al-Rashid (1908)
  • Saud ibn Abd Al-Aziz Al-Rashid (1908—1920)
  • Abdulloh ibn Mitob ibn Abd Al-Aziz Al-Rashid (1920—1921)
  • Muhammad ibn Talol ibn Mitob Al-Rashid (1921)

Adabiyot

tahrir
  • Васильев А. М. История Саудовской Аравии от середины XVIII века до конца XX века. — M., 1994.