Jabariylar (arab, "jabr" soʻzidan — zoʻrlik ishlatish, majbur qilish maʼnosida) — 7-asr oxiri — 8-asr boshida islom ilohiyotida paydo boʻlgan oqimlardan biri. J. inson takdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qoʻygan, hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yoʻq, bular faqat xudoda mavjud, inson esa ana shu faoliyatni oʻzlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidalarni ilgari surganlar. Iroda erkinligi tarafdori boʻlgan qadariylarga qarshi boʻlganlar. Muhammad (sav) ning paygʻambarligini, xalifalar hukmronligini ilohiy va qonuniy deb asoslashda, jahon urushlarida musulmon jangchisining oʻlimini taqdir bilan bogʻlab mutaassiblikni kuchaytirishda J. taʼlimotining ahamiyati katta boʻlgan. Shuning uchun J.ni hokimiyat tepasida turgan umaviylar qoʻllab-quvvatlab, ularga qarshi boʻlgan diniy firqa va siyosiy guruhlarni taʼqib ostiga olganlar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil