Jagala (estoncha: Jägala) — Tallindan 30 kilometr uzoqlikda, Jagala qishlogʻi yaqinidagi Estoniya armiyasining sobiq artilleriya poligonida joylashgan kontslager. Lager 1942-yil avgustdan 1943-yil sentyabrgacha Estoniya xavfsizlik politsiyasi va SD nazorati ostida mavjud edi.

Tarixi

tahrir

Rasmiy ravishda, Jagala "majburiy oʻrmonchilik va dala ishlari uchun qat‘iy rejimli mehnat lagerlari edi. Lagerda Litva, Chexoslovakiya, Germaniya va Polsha kabi boshqa mamlakatlardan Estoniyaga surgun qilingan yahudiylar yashagan[1]. Ishga yaroqsiz boʻlgan 3000 ga yaqin yahudiylar Raasiku temir yoʻl stansiyasiga yetib kelishgandan soʻng, stantsiyadan olib ketilgan va Kalevi-Liiva da otib tashlangan.

Lagerda hech qachon 200 dan ortiq mahbus boʻlmagan va ularning umr koʻrish muddati atigi bir necha oy edi. 1942-yil noyabr oyida lagerda 53 erkak va 150 ayol saqlanishi haqida xabar berildi. Oxir-oqibat, mahbuslarning aksariyati 1942-yil dekabr oyidan boshlab, qolganlari iyun va iyul oylarida Tallin markaziy qamoqxonasiga oʻtkazildi. 1943-yil sentyabriga kelib, lager yopildi va qolgan mahbuslarning aksariyati otib tashlandi.

Jagala konslagerida halok boʻlganlar sonining hisob-kitoblari turlicha. Sovet tergovchilari Jagala va Kalevi-Liivada birgalikda 2000 dan 3000 gacha odam oʻldirilgan degan xulosaga kelishdi, ammo hukmda 5000 kishi qayd etilgan (1944-yilda Favqulodda Davlat komissiyasi tomonidan aniqlangan)[2].

Insoniyatga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha Estoniya xalqaro komissiyasi 1941—1944-yillarda hozirgi Estoniya hududida jami 8500 ga yaqin yahudiy o‘ldirilgan degan xulosaga keldi.

Aleksandr Laak Kanadaga koʻchib ketgan va u yerda 1960-yil 6-sentyabrda Vinnipegdagi garajida osilgan holda topildi.

Isroillik jurnalist Maykl Elkinsning fikricha, yahudiy tashkiloti yoki Mossad Laakni oʻz joniga qasd qilishga majburlagan yoki uni oʻldirgan.

Manbalar

tahrir
  1. Weiss-Wendt, Anton. Murder Without Hatred: Estonians and the Holocaust (Religion, Theology, and the Holocaust)., 2009. ISBN 978-0-8156-3228-3. 
  2. „"Juudid pidasid Kalevi-Liiva koonduslaagri komandandi üle omakohut".“. Eesti Ekspress. (28 июля 2008). 2012-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.