Jahon dinlari
Jahon dinlari - jahondagi juda ko‘p xalqlar e’tiqod qiladigan buddizm, xristianlik va islomga nisbatan ishlatiladigan termin. Jahon dinlari jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida buyuk tarixiy burilishlar, bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish davrlarida vujudga kelgan. Jahon dinlari tarixiy jarayonda jahon imperiyalari, davlatlar tarkib topayotgan paytlarda paydo bo‘lgan. Jahon dinlariga prozelitizm, faol targ'ibotchilik xosdir, ularning targ‘ibotlari xalqlar va millatlararo diniy bag'rikenglikka asoslangan. Bu dinlarning Jahon dinlariga aylanishida barcha odamlarning tengligi to'g'risidagi g‘oya asosiy omillardan biri bo‘lgan. Muayyan tarixiy sharoitlarda Jahon dinlarining har xil yo‘nalishlari, oqimlari vaqt o‘tishi bilan ma’lum millatlar yoki davlatlar diniga aylangan. Hozirgi globallashuv sharoitida Jahon dinlarining ta’limotlari, qadriyatlarini jahon xalqlari tomonidan o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 204.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.