Jahongir Zeynalov
Zeinalov Jahongir Rizo oʻgʻli (1865 — Boku — 1918.4.11) — ozarbayjonlik aktyor. Milliy teatr asoschilaridan. Ijodini 1885-yildan boshlagan. Hajviy va harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi inson his-tuygʻularini ifoda etishda chuqur psixologik tahlili, badiiy jihatdan sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Vazir („Lenkoran xonligining vaziri“), Hoji Samad („Baxtsiz yigit“), Hoji Qambar („Yomgʻirdan qochib, jalaga tutildi“), Shamdanbek („Shamdanbek“), Keksa Moor („Qaroqchilar“) va boshqalar. Zeynalov Arablinskiy, Ruxullo Sidqiy kabi dramatik sanʼat asoschilarining ustozi.[1]
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/61/Jahangir_Zeynalov.jpg/220px-Jahangir_Zeynalov.jpg)