JakartaIndoneziyaning poytaxti. Java orolning shimoli-gʻarbiy sohilida, Chilivung daryosining Java dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik oʻrtacha temperatura 27°. Yiliga 1800 mm yogʻin yogʻadi; havoning namligi 80%. Aholisi 9,5 mln. kishi (1996). 16-asr boshida hozirgi Jakarka oʻrnida Tajajdaran knyazligining Sundakelapa port shahri boʻlgan. 1527 yilda uni Bantam knyazligi egallagan va shahar Jayakerta (ulkan qalʼa) deb atalgan. XVII asrda gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olib vayron qilgan. 1619-yilda gollandlar shahar oʻrnida Bataviya qalʼasini qurganlar. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelib, 1945-yilgacha general gubernator karorgohi va mustamlaka markazi boʻlgan. 1945-yil 17- avgustdan mustaqil Indoneziya davlatining poytaxti. Gollandiya agressiyasi vaqtida (1946—49) poytaxt vaqtincha Jokyakartaga koʻchirildi; 1949-yildan Bataviya yana Jakarta deb atala boshladi.

Jakarta

indonezcha: Jakarta
Shahar
Skyline of Jakarta
Jakarta
Bayroq
Jakarta
Gerb
6°10′30″S 106°49′39″E / 6.17500°S 106.82750°E / -6.17500; 106.82750
Mamlakat Indoneziya
Aholisi
 (2021)
10 562 088
Jakarta xaritada
Jakarta
Jakarta
Jakarta Shaxrining tumanlari

Jakarta — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat (choy, kofeni qayta ishlash, sholi oklash, un tortish, yogʻ, baliq konservalash va b.), kauchukka ishlov berish, rezina va koʻn poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, mexanika ustaxonalari, kema verfi, avtomobil yiguv zavodi va boshqa bor. Hunarmandchilik kadimdan rivojlangan.

Jakarta — xalqaro dengiz va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro Kemayoran aeroporti bor. Jakarta porti (Tanjungpriok avanporti) orqali chetga kauchuk, choy, kofe, xinin, shakarqand va b. chiqariladi; chetdan koʻproq sanoat uskunalari keltiriladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Penang darvozasi (1671), cherkov (1695), shahar boshqarmasi binosi (1710—12), 17—18-asrlarda qurilgan binolar, kanal va koʻpriklar va boshqalar saqlangan. Zamonaviy binolardan sport majmuasi (1956—62), markaziy gospital (1962—63), Prezident saroyi (19—20-asrlar), Mustaqillik monumenta (1964) Jakartaning yangi qurilgan qismida joylashgan. Jakartada davlat universiteti, bir necha xususiy universitetlar, Milliy texnika instituti, Fanlar instituti, Madaniyat instituti, kutubxonalar, muzeylar, Kartinalar galereyasi, teatrlar va bodhqa bor[1].

Geografiya

tahrir

Jakarta Yava dengizining koʻrfazida joylashgan. Shimoliy qismida Jakarta hududi dengiz sathidan oʻrtacha 8 m balandlikdagi tekislikdan iborat. Poytaxt hududining yarmidan koʻpi dengiz sathidan pastda joylashganligi sabab, yomgʻirli mavsumda Jakartaning koʻplab hududlari suv ostida qoladi: suv chiqaradigan kuchli nasoslar oʻz ishiga bardosh bera olmaydi. Yer osti suvlarini faol isteʼmol qilish natijasida tuproqning choʻkishi yiliga 10 sm gacha tezlashgan. Janubda shahar hududi tepaliklardan iborat. Jakartadan 13 ga yaqin daryolar oqib oʻtadi, ularning aksariyati shaharning janubiy qismlaridan oqib oʻtadi va shimolda Yava dengiziga quyiladi. Eng muhim daryo Ciliwung boʻlib, u shaharni gʻarbiy va sharqiy qismlarga ajratadi. Poytaxtdan Pesanggraxan, Sunter, Malang, Angke, Chideng va boshqa daryolar ham oqib oʻtadi. Jakartada yomgʻirli mavsumda daryolarning koʻtarilishi va dengizdagi toshqinlar tufayli tez-tez suv toshqinlari sodir boʻladi[2]. 1996-yilgi suv toshqini natijasida 5000 gektar yer suv ostida qolgan[3][4]. Infratuzilmaga etkazilgan zarar 5200 milliard rupiyni (572 million AQSh dollari) tashkil etgan[5]. Toshqin oqibatida 85 kishi halok boʻlgan, 350 mingga yaqin kishi uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan. Jakartaning umumiy maydonining qariyb 70 foizi suv ostida qolgan, shaharning ayrim hududlarida suv 4 metrgacha koʻtarilgan[6][7][8].

2011-yil may oyida Jakarta atrof-muhitni boshqarish agentligi Jakartadagi barcha ifloslangan daryolar roʻyhatini eʼlon qilgan[9].

Suv toshqinini yumshatish uchun Jakartada Ciliwung daryosidan Chipinang daryosigacha boʻlgan yer osti kanali qurilgan. Bu Kavang, Kampung Melayu, Bukit Duri va Kebun Baru hududlaridagi suv toshqinlarini kamaytiradi[10].

Daryolardagi toshqinlardan tashqari, Jakarta ham yiliga 5-10 santimetrga va Shimoliy Jakarta materikki 20 santimetrgacha choʻkmoqda. Ushbu muammoni hal qilish uchun Niderlandiya Jakarta koʻrfazi atrofida toʻgʻon yaratish uchun texnik hujjatlar uchun 4 million dollar ajratgan. Toʻgʻon halqasi suvni ushlab turish ushlab turishga xizmat qiladi, dengiz suvini tartibga soladi va nazorat qiladi, shuningdek, qoʻshimcha pullik yoʻllar sifatida ishlatiladi. Loyihani 2025-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan[11].

Shahar sharqda Gʻarbiy Yava provinsiyasi va gʻarbda Banten provinsiyasi bilan chegaradosh.

Demografiyasi

tahrir

Jakarta aholisi juda tez oʻsib bormoqda. 1930-yildan buyon aholi deyarli 17 barobar oshgan. 1950-yillarning boshiga kelib, aholi soni 823 ming kishini, 1961-yilda – 2,9 million aholini, 1971-yilda – 4,6 millionni, 1980-yilda – 6,5 millionni tashkil etgan. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 8 ming aholi, Senen tumanida (Markaziy Jakarta) – 1 km² ga 50 ming aholi, Tanah Abang (Markaziy Jakarta) – 1 km² ga 25-30 ming aholi, Gambir va Grogol (Gʻarbiy Jakarta) – 1 km² ga 10-15 ming aholi toʻgʻri keladi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Jakarta mamlakatning eng yirik sanoat markazi (27 mingdan ortiq korxona, shu jumladan 8 mingdan ortiq hunarmandchilik). Jakartada sanoatning avtomobil yig'ish, to'qimachilik, kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, shisha, qog'oz, yog'ochga ishlov berish, kema ta'mirlash, kemasozlik, metallga ishlov berish sanoatigacha mavjud. Yangi sanoat zonalari faol rivojlanmoqda (Pulo Gadung, Anchol, Pulo Mas, Chempaka Putix, Gandaria, Pluit).

Aholining daromadlari

tahrir

Jakarta Indoneziyada eng kam ish haqiga ega shahar. 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jakartada eng kam ish haqi oyiga 4 416 186 rupiyni (313,84 dollar) tashkil etgan[12][13][14]..

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. (ingl.)„Key to Jakarta's floods: Basin flood management“. The Jakarta Post (2008-yil 22-mart). 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-mart.
  3. (ingl.)„Asian News“. Asiaviews. 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
  4. (ingl.)„Floods in DKI Jakarta Province, updated 19 February 2007 Emergency Situation Report No. 6“ (deadlink). ReliefWeb (2007-yil 19-fevral). 2007-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  5. (ingl.)Three killed, 90,000 evacuated in Jakarta floods: officials – Yahoo! News
  6. „Три города Индонезии "тонут" из-за быстрого расходования грунтовых вод“ (ru). РИА Новости (2012-11-14:09:16). 2020-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
  7. „https://jakartaglobe.id/home“. Jakarta Globe. 2020-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
  8. Хидайят, Маюри Мей Лин, Рафки. „Почему тонет Джакарта, один из самых густонаселенных городов мира?“ (en). BBC News Русская служба (2018-yil 13-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
  9. (ingl.)Jakartans lament the sorry state of the capital’s rivers (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan). The Jakarta Post, Jakarta. May, 20, 2011
  10. (indon.)Minister: Jakarta East Flood Canal accomplished in 2011 (Wayback Machine saytida 2017-07-29 sanasida arxivlangan). Waspada.co.id (30 November 2010). Retrieved on 12 June 2011.
  11. (ingl.) http://www.thejakartapost.com/news/2011/07/27/dutch-study-new-dike-jakarta-bay.html (Wayback Machine saytida 2023-04-06 sanasida arxivlangan)
  12. „Indonesia’s 2021 Minimum Wage: No Increases for Most Provinces“. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  13. „Central Government Requests Provincial Governors Not to Raise Indonesia’s Minimum Wages in 2021 | Indonesia Investments“. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  14. „Minimum wage - Indonesia - WageIndicator.org“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.