Jallod (arab. — darra uruvchi) — 1) tan jazosi va qatlni ijro qiluvchi shaxs. J. atamasi Oʻrta Osiyoda arablar kelgandan soʻng paydo boʻlgan. J. hukmdorlarning gunohkor kishilarni darra bilan urish, boʻgʻib, boʻgʻizlab, boshini tanasidan judo qilib oʻldirish kabi farmonlarini bajargan; 2) Koʻchma maʼnoda — kallakesar, qotil.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil