"Jalod va Shamoyila"- afgʻon xalq ertagi. Bu ertak mazmun jihatidan ham, murakkab kompozitsiyasi nuqtai nazaridan oʻziga xos boʻlib, afgʻon xalq ertaklari orasida eng mashhurlaridan biridir. Xalq bu ertakni sevib, uni bir necha variantlarda aytadi. Uning variantlarining nomi ham har yerda turlichadir. Baʼzi yerlarda „Jalod va Mahbub“ nomi bilan yuritiladi.

Munozara va taxminlar

tahrir

Ertakdagi voqealarning qayerda bo'lganligi ko'pincha ertakchining o'ziga bog'liq, ya'ni ertakchining o'zi qayerdan bo'lsa ertakni ham usha yer bilan bog'lashga harakat qilgan. Masalan, Darmsteterga afg'onlar ertakdagi voqealar Peshovarda bo'lib o'tganligini aytib, unga hatto qandaydiryerosti saroyini ham ko'rsatganlar. Darmsteter o'zining "Afg'on xalq qo'shiqlari" kitobida bu ertakning boshqa variantini ham keltirgan. Unda voqealar Balx shahrida bo'lib o'tadi.

Ertaklarni yigʻib chop etgan Muhammad Gul Nuriyning aytishicha, voqealar Balx shahrida boʻlgni haqiqatga yaqindir.

Qisqacha Mazmuni

tahrir

Muslimshohning yetti o'g'li bo'lib, kichikigining ismi Jalod edi. Boshqa bir podshoh Xulkarning Shamoyila degan nihoyatda go'zal qizi bor edi. Shoh Xulkar qizi Shamoyila uchun yerosti saroyi qurdirib, uni usha yerda saqlagan. Shamoyila inson ko'zidan narida - yerosti saroyida yashasa ham, husni jamolining , go'zalligining dovrug'i xalq orasida tarqaladi. Ko'pchilik unga sovchi qo'ya boshladi. Jalodning olti akasi birin-ketin sovchi qo'yadilar. Lekin shoh Xulkarning sovchilarga sharti bo'lib, kimda-kim bu shartni bajarsa, Shamoyila unga berilishi e'lon qiladi: sovchi qo'ygan yigit temir xodani yog'och bolta bilan kesishi, Shamoyilaga tegishli sigirni sog'ishi, qo'lida usha sog'ilgan suti bor idishni ko'tarib saroy tomiga uch marta chiqib-tushishi, bug'doyga aralashtirib yuborilgan so'qni ajratib berishi, yerosti saroyiga yo'l topishi va shunday yo'lbars topsinki, u hatto yo'lbarslarning podshosini yengsin. Jalodning hamma akalari Xulkar shohning shartlarini bajara olmay , vafot etadilar. Akalarining fojiali xalokatidan g'azablangan Jalod qasd qilib, ota-onasidan fotiha olib, barcha shartlarni bajaradi va Shamoyilaga uylanadi.

Ertak koʻpgina pashtu yozuvchi va shoirlarini oʻziga jalb qilgan. Koʻplari uni qayta ishlaganlar.

Manbalar

tahrir

Afgʻoniston xalqlari folklori va mumtoz adabiyoti tarixi