Jaloliddin Manguberdi ordeni
"Jaloliddin Manguberdi" ordeni – Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri, mamlakatning oliy harbiy mukofoti. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprogʻini himoya qilishda hamda uni koʻz qorachigʻiday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini koʻrsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan qoʻmondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. 2000-yil 30-avgustda taʼsis etilgan. Orden 925 probali kumushdan tayyorlanadi, qirrador kumushrang nurlar taralgan beshburchak shaklga ega. Ordenning markazida, oq aylana bilan hoshiyalangan doirada taralayotgan nurlar fonida Jaloliddin Manguberdining qabariq zarhal tasviri joylashgan. Orden koʻkrakning oʻng tomoniga, Amir Temur ordenidan keyin taqiladi.[2]
Jaloliddin Manguberdi ordeni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | orden | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini koʻrsatgan, davlatning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qoʻshgan qoʻmondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2000-yil 30-avgust[1] | |
Navbat | ||
Toʻngʻich mukofot | Amir Temur ordeni | |
Kenja mukofot | Buyuk xizmatlari uchun ordeni |
Taqdirlanganlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Jaloliddin Manguberdi ordeni
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil