James Lawrence
James Alexander Lawrence (talaffuzi: Jeyms Aleksandr Lourens; 1992-yil 22-avgustda tugʻilgan) — professional futbolchi, hozirda Germaniyaning 1. FC Nürnberg klubi va Uels terma jamoasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | James Alexander Lawrence[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-avgust 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Henley-on-Thames, Angliya | ||
Boʻyi | 6 fut 2 inches (1.88 m)[2] | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi, yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nürnberg | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001—2003 | Arsenal | ||
2005—2006 | Queens Park Rangers | ||
2008—2009 | HFC Haarlem | ||
2009—2011 | Ajax | ||
2011—2012 | Sparta Rotterdam | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2014—2018 | AS Trenčín | 86 | (5) |
2018—2020 | Anderlecht | 23 | (0) |
2019—2020 | → St. Pauli (ijara) | 14 | (1) |
2020—2022 | St. Pauli | 37 | (0) |
2022— | Nürnberg | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2018— | Uels | 11 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 9-sentyabr uchun) |
Lawrence avvalroq St. Pauli, Anderlecht, AS Trenčín va Arsenal, Queens Park Rangers, Sparta Rotterdam hamda Ajax yoshlar jamoalarida oʻynagan[3].
Klubdagi faoliyati
tahrirDastlabki faoliyati
tahrirLawrencening ilk yoshlik faoliyatini oʻtkizgan klublariga Londonning Enfield, Arsenal va Queens Park Rangersi kiradi. 2008-yilda uning oilasi Niderlandiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Lawrence HFC Haarlemga qoʻshildi[4]. 2009-yilda Lawrence Haarlemni tark etib, Ajax safida oʻynay boshladi, u bilan 2010—2011-yillarda Gollandiya 19-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Birinchi Divizion chempionligini qoʻlga kiritdi va unga Arsenal afsonasi Dennis Bergkamp murabbiylik qildi[4]. Lawrence Amsterdamdagi Johan Cruyff Institutiga oʻqishga kirgach, Jong Sparta Rotterdam va Jong RKC Waalwijk jamoalari bilan oʻyinlarini davom ettirgan[5].
AS Trenčín
tahrirLawrence 2014-yil 13-avgustda 21 yoshida AS Trenčínga oʻtdi va oʻsha kuni Slovakiya kubogi doirasida ŠK Strážskega qarshi oʻyinda debyut qildi[6]. Toʻrt kundan soʻng Lawrence Fortuna Ligada Kosicega qarshi oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. 2015-yil 1-may kuni u AS Trenčínga birinchi Slovakiya kubogi oʻyinlarida gʻalaba qozonishda yordam berdi va Popraddagi finalda Senica klubini magʻlub etdi[7]. 2015-yil may oyida AS Trenčín birinchi marta Fortuna Liga chempioniga aylandi[8]. Lawrence shu tariqa birinchi katta mavsumida jamoasi bilan ham liga, ham kubok gʻalabasiga erishdi[9].
2014—2015-yilgi oʻrtacha yoshi 21.74 boʻlgan AS Trenčín chempionlari CIES Football Observatory tomonidan 2009—2017-yillarda 31 ta yuqori divizion Yevropa ligalari boʻyicha eng yosh chempionlar sifatida eʼtirof etildi[10].
Lawrence 2015-yilgi kubok finalida olgan jarohati tufayli 2014—2015-yil mavsumining oxiri va 2015—2016-yil mavsumining boshini oʻtkazib yubordi, u 2015-yil 13-okyabrda Slovakiya kubogining 4-turida maydonga tushib Blava Jaslovske Bohunice klubi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonib oʻyinlarga yana qaytdi. 2016-yilning 29-aprelida Slovakiya kubogi finalida Slovan Bratislava ustidan 3:1 hisobidagi gʻalaba Lawrence va AS Trenčín uchun ikkinchi Slovakiya kubogini olib keldi. 2016-yil 8-may kuni AS Trenčín Slovan Bratislavani 4:0 hisobida magʻlub etib, ketma-ket ikkinchi yil Fortuna Liga chempioniga aylandi[11]. Ikki mavsumdan soʻng, 2018-yil 16-avgustda Lawrencening Feyenoordni UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichidan chiqarib yuborishdagi roli uni Anderlechtning eʼtiboriga tushishiga sabab boʻldi va Anderlecht atigi 13 kundan keyin Trenčín bilan transfer boʻyicha muzokaralar olib bordi[12].
Anderlecht
tahrir2018-yil 29-avgustda Lawrence Belgiyaning eng muvaffaqiyatli liga klubi hisoblangan Anderlechtga qoʻshildi[13]. Lawrence 2018—2019-yilgi mavsumda Anderlecht safida 23 ta oʻyin oʻtkazdi, Anderlecht Jupiler Pro ligasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi, pley-offda esa oltinchi oʻrinni egalladi va 56 yil ichida birinchi marta UEFA musobaqasini oʻtkazib yubordi[14]. 2019-yilning 19-mayida Manchester City hamda Belgiya terma jamoasining chap markaziy himoyachisi Vincent Kompany Anderlechtning oʻyinchi-menejeri lavozimini egallashi eʼlon qilindi va u Lawrenceni St. Pauli klubiga ijaraga oʻtishi uchun darhol shartnoma tuzdi[15][16][17].
FC St. Pauli
tahrir2019-yil 22-avgustda Lawrence 2. Bundesliga vakili FC St. Pauliga 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha Anderlechtdan ijaraga olingan holda qoʻshildi[18][19]. U 2019-yilning 26-avgustida St. Pauli safida debyut qildi va Holstein Kiel ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
2020-yil 1-oktyabrda Lawrence Anderlechtdan St. Paulida doimiy oʻynash uchun transferni amalga oshirdi[20][21]. 2021-yil 6-martda u Karlsruher SC[22] mehmoni boʻlgan 0:0 hisobidagi durang oʻyinda birinchi marta St. Pauli sardori boʻldi va 2021-yilning 21-iyulida St. Paulining 2021—2022-yilgi mavsumi uchun vitse-sardori etib tayinlandi[23]. 2022-yilning 18-yanvarida Lawrence DFB-Pokal turnirida kubok ega Borussia Dortmundga qarshi uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, St. Paulini 16 yil ichida birinchi marta kubok chorak finaliga olib chiqdi[24]. 2022-yilning 13-mayida Lawrencening St. Pauli bilan shartnomasi uzaytirilmasligi maʼlum boʻldi[25].
1. FC Nürnberg
tahrir2022-yil 22-iyulda Lawrence 2. Bundesliga vakili 1. FC Nürnberg klubiga qoʻshildi[26].
Xalqaro faoliyati
tahrir2018-yilning 5-noyabrida Lawrence ilk bor Uels terma jamoasiga chaqirildi va u milliy terma jamoadagi ilk oʻyinini 2018-yilning 20-noyabrida Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida boshladi[27]. Lawrencening Uels terma jamoasidagi ilk raqobatbardosh oʻyini 2019-yil 24-mart kuni Cardiff City stadionida Slovakiyaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonganida boʻldi[28]. 2020-yil 18-noyabrda Lawrence asosiy tarkibda maydonga tushdi, Uels UEFA Millatlar ligasining H guruhida gʻolib boʻldi, Finlandiyani 3:1 hisobida magʻlub etib, 2022-yil uchun Millatlar ligasining yuqori bosqichiga yoʻllanmani va 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi uchun pley-offni qoʻlga kiritdi[29]. Lawrence 2021-yil 30-may kuni UEFA Euro 2020 musobaqasi uchun Uels terma jamoasiga kiritilgan, biroq oldingi kungi mashgʻulotda jarohat olgani sababli eʼlon qilingan kuniyoq safdan chiqishga majbur boʻlgan[30]. Lawrence Uels termasi uchun oʻtkazgan raqobatbardosh oʻyinlarida Slovakiya, Finlandiya, Chexiya hamda Belorussiyaga qarshi toʻrtta gʻalabani qoʻlga kiritib, Uelsni Millatlar ligasiga koʻtarilishiga yordam bergan va 2022-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan davrda Xorvatiya, Vengriya hamda Belgiyaga safarda magʻlub boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 9-sentabr holatiga ko'ra[2]:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Kontinental | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
AS Trenčín | 2014—2015 | Slovakiya Super ligasi | 18 | 0 | 7 | 1 | 0 | 0 | 25 | 1 |
2015—2016 | Slovakiya Super ligasi | 15 | 1 | 5 | 1 | 0 | 0 | 20 | 2 | |
2016—2017 | Slovakiya Super ligasi | 25 | 3 | 4 | 1 | 5 | 2 | 34 | 6 | |
2017—2018 | Slovakiya Super ligasi | 25 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 29 | 1 | |
2018—2019 | Slovakiya Super ligasi | 3 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 9 | 1 | |
Jami | 86 | 5 | 18 | 3 | 13 | 3 | 117 | 11 | ||
Anderlecht | 2018—2019 | Belgiya Birinchi Divizioni A | 23 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 26 | 0 |
FC St. Pauli (ijara) | 2019—2020 | 2. Bundesliga | 14 | 1 | 0 | 0 | - | 14 | 1 | |
FC St. Pauli | 2020—2021 | 2. Bundesliga | 19 | 0 | 0 | 0 | - | 19 | 0 | |
2021—2022 | 2. Bundesliga | 18 | 0 | 3 | 0 | - | 21 | 0 | ||
Jami | 37 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 40 | 0 | ||
1. FC Nürnberg | 2022—2023 | 2. Bundesliga | 6 | 0 | 1 | 0 | - | 7 | 0 | |
Jami | 6 | 0 | 1 | 0 | - | 7 | 0 | |||
Faoliyati jami | 166 | 6 | 22 | 3 | 16 | 3 | 204 | 12 |
Xalqaro
tahrir- 2021-yil 11-oktabr holatiga ko'ra[2]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Uels | 2018 | 1 | 0 |
2019 | 4 | 0 | |
2020 | 2 | 0 | |
2021 | 4 | 0 | |
Jami | 11 | 0 |
Yutuqlari
tahrirAS Trenčín
Manbalar
tahrir- ↑ „European Championship 2020: Booking List before Qualifying Round Matchday 10“. UEFA (2019-yil 17-noyabr). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „J.Lawrence“. soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 4-noyabr.
- ↑ „Welcome James Alexander Lawrence!“. RSC Anderlecht (2018-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „Who is James Lawrence? His heart scare at Ajax and life in Slovakia“. Sky Sports (2018-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
- ↑ „The curious tale of the football international nobody ever heard of (because he was born in the wrong month)“. De Correspondent (2020-yil 14-aprel). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ „www.futbalnet.sk“. Qaraldi: 2015-yil 18-iyul.
- ↑ „AS Trenčín win maiden Slovak Cup“. Qaraldi: 2015-yil 2-may.
- ↑ „Trenčín seal historic Slovakian double“. Qaraldi: 2015-yil 21-may.
- ↑ „Jamie Lawrence has eyes on Slovakian double after mastering his own destiny“. Qaraldi: 2015-yil 12-iyul.
- ↑ „Reports – CIES“. CIES. Qaraldi: 2018-yil 26-fevral.
- ↑ „Trenčín ... take title“. Qaraldi: 2016-yil 17-may.
- ↑ „Feyenoord eliminated by Trencin after frustrating evening“, ad.nl, 16 August 2018, qaraldi: 12 April 2021
- ↑ „WELKOM JAMES ALEXANDER LAWRENCE!“. Anderlecht (2018-yil 29-avgust). Qaraldi: 2018-yil 30-avgust.
- ↑ „Anderlecht miss out on Europe ahead of Kompany arrival“. Reuters (2019-yil 19-may). 2019-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Vincent Kompany leaves Manchester City“, mancity.com, 19 May 2019, qaraldi: 19 May 2019
- ↑ „Vincent Kompany leaves Manchester City to become Anderlecht player-manager“, BBC.co.uk, 19 May 2019, qaraldi: 19 May 2019
- ↑ „Boys in Brown Seal Lawrence Loan Deal“, fcstpauli.com, 22 August 2019, qaraldi: 12 April 2021
- ↑ „James Lawrence: Anderlecht defender joins Bundesliga 2 side St Pauli“. BBC (2019-yil 22-avgust). Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
- ↑ „Der FC St. Pauli leiht Innenverteidiger James Lawrence vom Anderlecht aus“ (German). FC St. Pauli (2019-yil 22-avgust). Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
- ↑ „FC St. Pauli sign James Lawrence“. C St. Pauli (2020-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Verpflichtung von James Lawrence doch noch gelungen“ (German). kicker (2020-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
- ↑ „2nd Bundesliga 2020/21, 24th matchday“. kicker.de (2021-yil 6-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ „Ziereis new captain - Lawrence vice-captain“. stpauli.com (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „Bundesliga 2 leaders St. Pauli knock out DFB Cup holders Borussia Dortmund“. bundesliga.com (2022-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
- ↑ „Nach dem spiel gegen Düsseldorf: Abschied nehmen von sieben Kiezkickern“. fcstpauli.com (2022-yil 13-may). Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
- ↑ „James Lawrence: Wales defender joins FC Nuremberg=BBC“ (2022-yil 22-iyul). Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.
- ↑ „Mixed feelings for Wales debutant Lawrence“. BBC Sport (2018-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
- ↑ „Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
- ↑ „A polished Wales overcame Finland's stubborn 10 men to win their Nations League group and clinch promotion to the competition's top flight“, BBC.co.uk, 18 November 2019, qaraldi: 12 April 2021
- ↑ „Wales defender James Lawrence ruled out of Euro 2020 with injury“. ITV (2021-yil 31-may). Qaraldi: 2021-yil 18-iyul.
- ↑ 31,0 31,1 „Brits Abroad: 8 Lesser Known Stars Making a Success of Their Footballing Careers Overseas“. 90 Min (2018-yil 15-sentyabr). 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.