Jamna, Yamuna — Hindistondagi daryo, Gang daryosining eng uzun va sersuv oʻng irmogʻi. Uzunligi 1384 km, havzasining mayd. 351 ming km2. Akcar tizmasining (Markaziy Himolay togʻlari) jan. yon bagʻridan boshlanadi. Yuqori qismi aksar chuqur daralardan, oʻrta va quyi oqimi Hind-Gang tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2,5 ming m3/sek. Yozgi musson yomgʻirlari davrida ayniqsa sersuv boʻlib, koʻpincha toshadi. Quyilish yeridan Dexli shahargacha kemalar qatnaydi. Daryo suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Jamna boʻyida Dehli, Agra, Iloxobod shagharlari joylashgan[1].

Jamna
Tavsif
Uzunligi 1 376
Suv sarfi 3 480 m³/s
Joylashuvi
Davlat Hindiston
Jamna

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil