Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soladigan meʼyoriy hujjat. Ish beruvchi bilan jamoa shartnomasi tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqiga kasaba uyushmasi (oʻz vakillik organi orqali), xodimlar vakolat bergan boshqa vakillik organi yoki bevosita mehnat jamoasi umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) ega.

Manbalar

tahrir