Jamoluddin Atoulloh, Jamol al-Husayniy (?—1511) — xurosonlik tarixchi. Hirotda yashab ijod etgan. Birmuncha vaqt Husayn Boyqaront vaziri ham boʻlgan (laqabi Atoulloh Sheroziy). Tarixiy asarlar yozgan. Ulardan eng muhimi "Kitob al-ahbob fiy siyari an-Nabiy val-ol val-ashob" ("Paygʻambarimiz sallallohu alayhi va sallam, ul zotning xonadonlari va sahobai kiromlari xususida doʻstlar kitobi") nomli asaridir. Bu asar Turkiyada qayta-qayta nashr etilgan, qoʻlyozma nusxasi Londonda saqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil