Jamshid Shoshiy
Jamshid Shoshiy (toʻliq ismi Ahmad ibn Mahmud ibn Ahmad) (XIV asr) — olim va xattot. Shoshda tugʻilgan. Mashhur olim Muhammad Taftazoniydan tahsil olgan. Uning „Talmih fi kashf al-asror at-tavzih“ kitobiga hoshiya yozgan.
Jamshid Shoshiy | |
---|---|
Tavalludi |
XIV asr Shosh (hozirgi Toshkent) |
Sohasi | Xattot |
Shuningdek, Az-Zamaxshariyning „Kashshof an haqoyiq at-tanzil“ asarini nasx xati bilan koʻchirgan (1358). Bu asarlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.