Jannat qidirganlar
„Jannat qidirganlar“ — oʻzbek yozuvchisi Shuhrat qalamiga mansub roman. Ilk bor 1968-yil Toshkent shahrida chop etilgan. Bir necha marta turli nashriyotlarda, jumladan, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida hamda „Qaldirgʻoch“ nashriyotida qayta nashr etilgan. „Jannat qidirganlar“ romani „Oltin zanglamas“ romanining mantiqiy davomi hisoblanadi.[1] Roman oʻzbek oʻquvchilari orasida yaxshi tanilgan. „Qaldirgʻoch“ nashriyoti romanni „Oʻzbek adabiyoti oltin fondi“ turkumiga kiritgan.
Muallif(lar) | Shuhrat |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1968 |
Sahifalar soni | 448 |
ISBN | ISBN 978-9943-5295-7-1 |
„Jannat qidirganlar“ romanida vatangadolik fojealari badiiy ifodasini topgan. Xususan, romanda haqiqat (jannat) axtarib yashovchi kishilarning ikki xil koʻrinishi tasvirlangan. Romanda muallif Sovet Ittifoqi davrida inson haq-huquqlarining toptalishini oʻzi guvoh boʻlgan voqealarni umumlashtirgan holda tasvirlagan. Eʼtiqod vatanparvarlik, vijdon amrini har bir kishining jamiyatdagi mavqei va insoniy qadr-qimmatini belgilovchi muhim maʼnaviy qadriyatlar sifatida talqin etgan. Roman nashr etilgandan keyin, ayrimlar muallifni millatchilikda ayblagan.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ „Shuhrat Rizayev. Men tirikman, to olamda soʻzim bor.“. Kh-davron (2014-yil 19-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
- ↑ „Shuhrat (1918–1993)“. Saviya (2017-yil 2-oktyabr). 2021-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-dekabr.
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Shuhrat tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan „Oltin zanglamas“ deb nomlangan bibliografik sharh boʻlib oʻtdi[sayt ishlamaydi], Oʻzbekiston milliy kutubxonasi