Janne Lundblad
Janne Lundblad (Shvedcha. Janne Lundblad ;1887-yil 11-aprel — 1940-yil 24-noyabr Stokgolm, Shvetsiya) — shved chavandozi. 1920-yilgi Olimpiya chempioni, 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori[1].
Biografiya
tahrirJanne Lundblad 1877-yil 11-aprelda Shvetsiyaning Linköping shahrida tavallud topgan.
Martaba
tahrirShvetsiya armiyasining aʼzosi edi. Faoliyatining boshida u Småland gussarlarida xizmat qilgan. 1902-yilda esa u Qirollik Gotaland logistika kuchlarida leytenant boʻldi[2]. Keyinchalik Lundblad kapitan unvonini qolga kiritdi[3].
Soʻngra, Lundblad Stokgolm va Osloda chavandozlik boʻyicha oʻqituvchi boʻldi[2].
Ot sporti musobaqalarida Gyotenborgning A2 klublari va Skövdening T2 klublarini taqdim etdi[2].
1920-yilda Janne Antverpen yozgi Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya jamoasiga qoʻshildi. Uno otini minib, yakkalik turnirda 27,9375 ball bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[4].
1928-yilga kelib u Amsterdamdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya terma jamoasiga qoʻshildi. 8 yil oʻtgach, u Shvetsiya terma jamoasi bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi[5]. Soʻngra, Blekmar otini minib, u 226,70 ball toʻplagan holda shaxsiy saralash bahslarida yana bir bor oltin medal sohibi germaniyalik Karl fon Langendan 10,72 ball ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi[6]. Umumjamoa hisobida Shvetsiya terma jamoasi tarkibida Rangar Olson va Karl Bonde bilan birgalikda 650,86 ochko jamgʻarib, Germaniya terma jamoasiga 18,86 ochko yoʻqotib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[7].
1940-yil 24-noyabrda Janne Lundblad Stokgolmda vafot etgan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ https://wiki5.ru/wiki/Janne_Lundblad
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Olympedia – Janne Lundblad“. www.olympedia.org. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ „354 (Sveriges statskalender / 1940)“ (sv). runeberg.org. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ „Olympedia – Individual, Men“. www.olympedia.org. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ https://wiki5.ru/wiki/Janne_Lundblad
- ↑ „Olympedia – Individual, Men“. www.olympedia.org. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ „Olympedia – Team, Men“. www.olympedia.org. 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ https://wiki5.ru/wiki/Janne_Lundblad