Jantemir eshon maqbarasi
Jantemir eshon maqbarasi — Qoraqalpogʻiston Respublikamizning diqqatga sazovor ziyoratgohlaridan biri boʻlib, „Hakim ota“ OFY hududida joylashgan, u XVIII-XIX asrlarga oid ziyorat maskanlaridan biri sanaladi. Bu muqaddas maskanga ziyoratga, asosan, mashina haydovchilari kelib, ziyorat qilishadi. Chunki Jantemir eshon oʻzi temir ustasi boʻlib, yaqin hududdagi yordamga muhtoj xalqqa qoʻlidan kelganicha yordamini ayamagan. Haydovchilarning aytishicha, bu yerdan oʻtishda ziyorat qilib oʻtilmasa, qandaydir yomonlikka yoʻliqasan. Jantemir eshon oʻzi saxiy va ochiqkoʻngil inson boʻlganligini aytishadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.