Janubiy Amerika tapiri-shuningdek, Braziliya tapiri, Amazoniya tapiri deb ham ataladi. [1]Ularning terisi jigarrang rangda boʻlib, bosh qismi biroz ochroq koʻrinishda boʻladi. Ularning quloqlari yumaloq shakilga ega boʻlib, chetlari oq rangdagi chiziqlar bilan ajralib turadi.[2] Yangi tugʻilgan tapirlar toʻq jigarrang jun bilan qoplangan boʻlib, tanasi boʻylab kichik oq dogʻlar va chiziqlar boʻladi.Janubiy Amerika tapiri tanasining uzunligi 1,8 dan 2,5 metrgacha boʻlib, qisqa, 5 dan 10 santimetrgacha uzunlikdagi dumga egadir. Ularning oʻrtacha vazni taxminan 225 kg atrofida boʻladi. Kattalarining vazni 150 dan 320 kg gacha yetishi mumkin.[3]

Kristalino daryosida suzib yurgan Janubiy Amerika tapiri

Yashash tarzi

tahrir
 
Janubiy Amerika tapirining bolasi

Janubiy Amerika tapiri asosan Amazoniya oʻrmonlaridagi suv havzalari yaqinida yashashni afzal koʻradi. Ular suvda suzish va shoʻngʻish qobiliyatlarga ega boʻlib, suvda oʻsuvchi oʻsimliklar bilan oziqlanishadi.[4] Shuningdek, ular loyda yotishni yaxshi koʻradilar, bu esa ularning qalin terisidan parazitlarni yoʻqotishga yordam beradi. Tapirlar oʻtxoʻr hayvonlar boʻlib, asosan barglar, mevalar va oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Ular kichik tumshugʻidan foydalanib, shoxlarni ushlab, barglarini yulib olishadi yoki mevalarni terib istemol qilishadi. Ular asosan ertalab, kechqurun faol boʻladi va aynan shu paytda oziqlanadi. Tapirlar odatda yolgʻiz yashaydilar va faqat juftlashish mavsumida sherik qidirishadi. [5]Homiladorlik davri taxminan 13 oy davom etadi va odatda bitta bola tugʻadi. Yangi tugʻilgan tapirlar onalari bilan bir necha oy davomida qoladi va keyin mustaqil hayotga oʻtishadi. Janubiy Amerika tapiri qizil kitobga kiritilgan turlardan biridir. Ularning yashash joylari yoʻqolishi va ovlanishi ularning populyatsiyasiga jiddiy tahdid solmoqda. Ularni himoya qilish uchun turli xil tabiatni muhofaza qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.[6]

Geografik tarqalishi

tahrir

Janubiy Amerika tapirini And togʻining sharqida joylashgan Amazoniya o‘rmonlari va suv havzalari yaqinidan topish mumkin. Uning geografik tarqalish doirasi shimolda Venesuela, Kolumbiya va Gvineya, janubda Braziliya, Argentina va Paragvay, gʻarbda Boliviya, Peru va Ekvador orqali oʻtadi.[7] Ular baʼzi hollarda, Venesueladan Trinidad orolining janubiy sohiligacha boʻlgan tor dengiz boʻgʻozini kesib oʻtadilar. Tapirlar janubiy Amerikada yoʻqolib bormoqda. Ular hozir faqat oʻrmon va savannadan iborat yashash uchun xavfsiz joylarda uchraydi.[8]

Manbalar

tahrir
  1. Navarro, E. de A. (2013). Tupi antigo, a língua indígena clássica do Brasil. São Paulo: Global Editora e Distribuidora Ltda. p. 462
  2. Andoza:MSW3 Perissodactyla
  3. Montenegro, Olga Lucia. The Behavior of Lowland (Tapirus terrestris) at a Natural Mineral Lick in the Peruvian Amazon. Rep. N.p.: University of Florida, 1998.
  4. Hance, Jeremy. „Scientists make one of the biggest animal discoveries of the century: a new tapir“. Qaraldi: 2013-yil 17-dekabr.
  5. „All About the Terrific Tapir | Tapir Specialist Group“ (en-US). Tapir Specialist Group. Qaraldi: 2018-yil 1-dekabr.
  6. „Tapirus terrestris: Brazilian tapir (Also: South American tapir)“. Animal Diversity Web. 2014-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-avgust.
  7. „Tapir Specialist Group“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
  8. „La nueva especie de tapir recién descubierta en Brasil y Colombia también habita en Pando“ (2014-yil 2-fevral).

Tashqi havolalar

tahrir

Kitoblar

tahrir
  • Linneus C (1758) Systema naturæ per regna tria naturæ, secundum sinflari, ordenlar, jinslar, turlar, cum characteribus, differentiis, sinonimlar, locis. Tomus I. Editio Decima, Reformata. Stokholm: L. Salvius. 824 sa. (Hippopotamus terrestris, yangi tur, 74 sa.)   (latin tilida).