Osiyo depressiyasi, Janubiy Osiyo depressiyasi — Osiyo ustida paydo boʻladigan past bosimli barik maydon. Yozda Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida quruq va issiq ob-havoni yuzaga keltiradigan frontsiz, 2 berk izobara bilan oʻralgan past bosimli, siklonli, sirkulyasiyasi yaxshi ifodalangan kuyi troposferada sodir boʻladi. Osiyo depressiyasi oʻrtacha 2,2—2,5 kun, baʼzi vaqtlar 5—7 kungacha davom etishi, shu davrda temperatura 40—45° gacha koʻtarilishi mumkin. Osiyo depressiyasi vaqtida eng past temperatura 30°. Osiyo depressiyasi qancha koʻp koʻtarilsa va uning mavjud davri kan-cha uzoq boʻlsa — yoz issiq, aks holda salqin keladi. Shamol va changtoʻzonlar koʻtariladi, uzoqni koʻrish sezgirligi 4–10 km gacha kamayadi.

Osiyo depressiyasi markazidagi bosim iyul oyida taxminan 995 gPa. Uning jan. qismi ekvatorial depressiya, yaʼni Osiyo materigining ekvatorial qismida qizigan va tropik kengliklarga siljigan havodan, shim. qismi esa materik ustida koʻp uchraydigan siklonlardan tashkil topadi. Osiyo depressiyasi yoz oylarining oʻrtacha koʻp yillik haritalarida beriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil