Janubiy sandvich orollari - Atlantika okeanining janubiy qismidagi vulkan orollari, Antarktikada. 8 ta yirik va bir necha mayda orol va qoyalardan iborat. Maydoni 300 km2. Yer yuzasi togʻlik (balandligi 1372 m gacha), vulkan jinslaridan tuzilgan (bazalt, tuf va boshqalar), qor va muz bilan koplangan. Soʻnmagan vulkanlar bor. Har xil qush, tyulen koʻp. Qirgʻoq yaqinidagi suvlarda kitlar uchraydi. Doimiy aholisi yoʻq. 1775-yil ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ekspeditsiyasi kashf qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil