Jarjaraya
Jarjarayya – oʻrta asrlarda Iroqning Dajla daryosi bilan oʻralgan shahri. Quyi Nahravon tumanining poytaxti, Yaʼqubiyning soʻzlariga koʻra, unda fors zodagonlari istiqomat qilgan. Quyi Nahravon tumanining markazi. Yaʼqubiyning soʻzlariga koʻra, shaharda fors zodagonlari istiqomat qilgan[1]. Jarjaraya sosoniylar davrida tashkil etilgan deb taxmin qilingan[2]. 1200-yillarning boshlarida Yoqut Hamaviy davriga kelib, shahar vayronaga aylangan[3]. Arxeologik dalillar bu joy Abbosiylar davrining oxirida tashlab ketilganini koʻrsatadi[4].
Oʻrta asrlarning bir qancha vazirlari oʻz nisbalarida koʻrsatilganidek, ushbu shahardan yetishib chiqqan. Ikki abbosiy vazirlar Abbos ibn al-Hasan al-Jarjaroiy va Ahmad ibn al-Xosib al-Jarjaroiy[5], 18 yil davomida vazir lavozimida ishlagan XI asr fotimiylar vaziri Abulqosim al-Jarjaroiy kabilar Jarjarayadan edi[6].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Adams, Robert M.. Land Behind Baghdad: A History of Settlement on the Diyala Plains. Chicago and London: University of Chicago Press, 1965. OCLC 899942882.
- van Berkel, Maaike. Crisis and Continuity at the Abbasid Court: Formal and Informal Politics in the Caliphate of al-Muqtadir. Leiden: Koninklijke Brill NV, 2013. ISBN 978-9004252707.
- Le Strange, Guy. The Lands of the Eastern Caliphate: Mesopotamia, Persia, and Central Asia, from the Moslem Conquest to the Time of Timur. Cambridge: Cambridge University Press, 1905. OCLC 458169031.
- Lev, Yaacov. „Army, Regime, and Society in Fatimid Egypt, 358-487/968-1094.“ International Journal of Middle East Studies 19, no. 3 (1987): 337-65. Accessed March 5, 2020. www.jstor.org/stable/163658.