Harbiy shon-shuhrat bogʻi yoki Jasorat bogʻi – Toshkent shahridagi istirohat bogʻi[1], 1975-yilning may oyida Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 30 yilligi munosabati bilan ochilgan. Bogʻ TurkVO (Turkiston Harbiy Okrugi) tarix muzeyi oldida joylashgandi. Usbu muzey 1965-yilda tashkil etilgan boʻlib, ekspozitsiyasi Markaziy Osiyo (Turkiston oʻlkasi) Qurolli Kuchlarining butun tarixini qamrab olgandi.

  • Ochiq osmon ostidagi bogʻda turli xil harbiy texnika – Mig-15 va Mig-21 samolyotlari, „Katyusha“, tanklar, raketalar va boshqa koʻplab qurollar joylashgan boʻlib, barcha eksponatlar parkka tashrif buyuruvchilar bepul kirishi uchun ochiq boʻlgan.
Jasorat bogʻi
Vatanga qasamyod monumenti
Vatanga qasamyod monumenti
Joylashuv Oʻzbekiston
Turi Harbiy
Ochilish sanasi 1975-yil may
Xarita
1976-yil, Toshkent. „Janubiy chegaralar himoyachisi“ haykali

TurkVO tarixiy muzeyi 1991-yilda nomi – Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari muzeyiga oʻzgartirilgan. Bogʻ markazida, muzey binosi oldida olti metrli „Janubiy chegaralar himoyachisi“(1973-yilda oʻrnatilgan) haykali yuksalib turardi. Haykaltaroshlar V. Artamonov, meʼmorlar L. Adamov, A. Afanasyev, A. Morozovlar tomonidan yaratilgan yodgorlik mis varaqni teshish texnikasida yasalgan. 1991-yilda yodgorlik „Vatan himoyachisi“ monumenti deb oʻzgartirilgan. Yodgorlik oldidagi xiyobonda harbiylarning turli boʻgʻinlari vakillarining byustlari oʻrnatilgan. Jumladan:Partizanlar, parashyutchilar, sapyorlar, dengizchilar, uchuvchilar, qurolchilar, shifokorlar, signalchilar, skautlar, piyoda askarlar va tankirlar byustlaridir. Bu urush va mehnat faxriylarining sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.

  • 2009-yilning noyabr oyida Toshkentdagi „Vatan himoyachisi“ haykali demontaj qilingan.

Vatanga qasamyod monumenti

tahrir

2010-yil 12-yanvar kuni rekonstruksiyadan soʻng, qayta taʼmirlangan „Jangovar shon-shuhrat“ („Jasorat“) istirohat bogida yangi „Vatanga qasamyod“ monumenti ochildi.

U haykaltarosh Ravshan Mirtojiyev (Oʻzbekiston xalq rassomi, Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom, Beruniy, Qodiriy, Qahhor va Zulfiya, Andijondagi Bobur va Moskvadagi Alisher Navoiyning mashhur yodgorliklari muallifi) yaratgan 12 metr balandlikdagi haykaldir. Oʻzbekiston bayrogʻi ostida Vatanga sodiqlikka qasamyod qilayotgan, tiz choʻkib turgan askar siymosi ifoda etilgan. Haykaltaroshlik kompozitsiyasi orqasida ibodat qilayotgan musulmon ayol tasvirlangan. Bu oʻgʻliga fotiha berib oq yoʻl tilayotgan ona vatan timsolidir. Mazkur yodgorlik 2010-yil 12-yanvarda ochilgan. Shu marosimida ishtirok etgan Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga koʻra bu monumentga „Vatanga qasamyod“ nomi berilgan.

Poydevordagi yozuvda: Oʻzbekiston Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni Islom Karimovning 1991-yil 6-sentabridagi farmoniga asosan, Oʻzbekiston armiyasi tuzilgan. Va 1993-yil 29-dekabrdagi qonunga muvofiq 14-yanvar „Vatan himoyachilari kuni“ deb eʼlon qilindi, deb muhrlangan.

Harbiy texnikaning barcha namunalari: Mig-21 reaktiv samolyotining maketi, „Katyusha“, T-34-85 tanklari, BMP-2, SU-100 oʻziyurar qurilmalar, shuningdek artilleriya harbiy texnikasi namunalari: Sovet Armiyasi safida xizmatida turgan dala, armiya va zenit artilleriya uchun turli kalibrli qurollar, pulemyot qurilmalari va boshqalar demontaj qilindi. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Ilhom Neʼmatov eksponatlar Ulug‘ Vatan urushidagi Gʻalabaning 65 yilligi munosabati bilan restavratsiyaga joʻnatilgani va qaytarilishini taʼkidlagan boʻlsa-da, oʻz soʻzida turmadi.[2]. Shuningdek TurkVO shtab-kvartirasi hovlisidagi IS-3 tanki va TurkVO shtab-kvartirasi yaqinidagi avtomobil qismiga kiraverishda oʻziyurar gaubitsa ham demontaj qilindi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir