Jasur Umirov
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2023-11) |
Jasur Umirov — oʻzining lirik va raqsli kompozitsiyalari bilan mashhur boʻlgan oʻzbek estradasining eng yorqin xonandalaridan biri hisoblanadi. U 1986-yil 30-martda Oʻzbekistonning Samarqand viloyati, Kattaqurgʻon tumani, Kattakoʻrpa qishloqchasida tugʻilgan. Onasi uy bekasi va otasi muvaffaqiyatli tadbirkor oilasida tugʻilgan, Jasur otasining yoʻlini tanlamaydi u rassomlik yoʻlini tanlaydi.
Jasur Umirov | |
---|---|
Tavalludi |
30-mart 1986-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Xonanda |
Faoliyat yillari | 2009-yildan hozirgacha |
Faoliyati
tahrirBolalik vaqtida sanʼat shaydosi edi. Shuning uchun ham u musiqa maktabiga boradi, soʻng Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining Estrada xonandalik fakultetiga oʻqishga kiradi[1]. U ilk ijodini 2009-yildan boshlaydi. Jasurning aytgan barcha qoʻshiqlari xit darajasiga yetmoqda. „Billuram“, „Oysha“, „Derdiya“, „Jon-jon“, „Daryolar“ va „Yuribmande“ qoʻshiqlari barcha qizlarni lol qoldirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xonandaning hozirgi kungacha 15dan ortiq qoʻshiq kliplari va „Oysha“ nomli albomi muhlislar yuragidan joy oldi. Sanʼat olamiga yaqingagina kirib kelgan boʻlsada, 2010-yil 21-dekabr kuni „Istiqlol sanʼat saroyi“ da yakkaxon konsert dasturini namoyish etdi.
Yosh ijrochi oʻz faoliyatini lirik qoʻshiqlar yozishdan boshlagan,Jumagul qoʻshigʻi unga haqiqiy mashhurlik keltirdi. Bu qoʻshiq bolalarga ham, kattalarga ham birdek yoqdi..Sanʼatkor ushbu qoʻshiqni chiqargach, yana bir qoʻshigʻi „Odamning toʻylari“ni yozib oldi. Bu safar ushbu qoʻshiq yanada muvaffaqiyatli boʻldi va barcha muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Jasur Umirov mast ahvolda 2018-yilning 18-noyabr kuni soat taxminan 3:00 da Captivaʼsida tanishi H.Q.ga pichoq bilan tahdid qildi. 2019-yil 24-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani maʼmuriy sudi tomonidan koʻrib chiqilgan. Sud ishi yakunida 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosini tayinlagan[2]. Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga koʻra Jasur Umirov Jinoyat kodeksi ning 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Жасур Умиров: биография, фото, личная жизнь“ (Ruscha). repost (6-iyun 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
- ↑ „Xonanda Jasur Umirov o‘zi yoqtirgan qizni unga erga berishmayotgani uchun o‘z tanishiga tahdid qildi va 15 sutkaga qamaldi“ (O'zbekcha). Daryo (26-aprel 2019-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
- ↑ „Xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamaldi“ (O'zbekcha). gazeta (2-fevral 2021-yil). Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.