Java grafikli foydalanuvchi interfeysi uskunalari

Swing uskunalar to‘plami

tahrir
 
Grafikli foydalanuvchi interfeysi

Swing bu Java dasturlash tili[1] ning grafikli foydalanuvchi interfeysi uskunalar to‘plamidir. javax.swing o‘rami[2] interfeys elementlari xisoblanadigan oynalar, tugmalar, combo qutilari, katalog daraxtlari, jadvallar, menyular va zamonaviy grafikli dastur tuzish uchun kerak bo‘ladigan boshqa elementlarni o‘z ichiga oladi.

Swing uskunalar to‘plami yordamida dasturning foydalanuvchi interfeysini yaratishda oldindan tayyorlangan komponentlardan foydalaniladi. Ushbu komponentalar maxsus konteynerlar ichiga joylashtiriladi. Konteynerlar ichida komponentlarni tartibli joylashtirish uchun joylashuv menedjerlar ishlatiladi. Joylashuv menedjerlari foydalanuvchi interfeys elementlarini joylashish strategiyasini belgilab beradi.

JFrame Java dasturlash tilining yuqori darajali oynasi xisoblanadi. Ushbu oyna barcha grafikli foydalanuvchi interfeysi elementlarini o‘z ichiga oladi. JFrame Swing o‘ramining JFrame klassi yordamida yaratiladi. Java dasturlash tilida JFrame boshqa foydalanuvchi interfeysi elementlari uchun konteyner vazifasini bajaradi. Foydalanuvchi interfeysi elementlari JPanel elementiga chiziladi keyin esa ushbu JPanel JFrame oynasiga joylashtiriladi.

AWT uskunalar to‘plami

tahrir

Swing uskunalar to‘plamidan oldin grafikli foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun Java dasturlash tilida Abstract Window Toolkit (AWT)[3] nomli uskunalar to‘plami ishlatilgan. AWT uskunalar to‘plami grafikli foydalanuvchi interfeysi elementlarini yaratishni dastur mo‘ljallanayotgan platformaning (Windows[4], Macintosh[5], Solaris[6]) grafikli foydalanuvchi interfeysi uskunalar to‘plamiga yo‘naltirgan. Natijada xar bir platforma uchun dastur ko‘rinishi ushbu platformaga xos bo‘lgan. Shu orqali Java dasturlarni portativligi ta’minlangan.

AWT uskunalar to‘plami qo‘llaydigan printsipni o‘ziga xos kamchiliklari xam mavjud. Ushbu uskunalar to‘plami grafikli foydalanuvchi interfeys elementlarini yaratishni dastur bajarilayotgan platformaga yo‘naltirayotganligi sababli xar xil platformalarda interfeys elemetlari bajarayotgan amallari farq qiladi. Bundan tashqari, xamma platformalar xam bir xil grafikli interfeys elementlar to‘plamiga ega emas. Shu va boshqa kamchiliklarni oldini olish maqsadida grafikli foydalanuvchi interfeys elementlari mustaqil xosil qilish bo‘lib ushbu printsip Swing uskunalar to‘plamida qo‘llanilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Java“.
  2. „Package javax.swing“.
  3. „Abstract Window Toolkit (AWT)“.
  4. „Microsoft Windows“.
  5. „Macintosh“.
  6. „Solaris“.