Java tiliavstronez tillaridan biri. Asosan, Java orolining markaziy va sharqiy hududlarida, qisman Malayziya, Singapur, Avstraliya va boshqalar mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 90 mln.ga yaqin kishi (20-asrning 90-yillari oʻrtalari).

Java tili
Milliy nomi Basa Jawa va Jawa[1]
Mamlakatlar Indoneziya[2][3] va Malayziya[4]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 68 300 000
Alifbosi Lotin alifbosi, Pegon alphabet, Kawi script, Javanese script va Formal Javanese Spelling
Til kodlari
ISO 639-1 jv[5]
ISO 639-2 jav[5]
ISO 639-3 jav[5]

Java tilining fonetik tarkibi 6 unli (a, 1, ye, i, o, d) va 20 undoshdan tashkil topgan; oʻzbek tilidagiga oʻxshash q undoshi mavjud. Soʻzning morfem tarkibi sodda; soʻz urgʻusida choʻziqlik holati kuzatiladi. Oʻzak (tub) soʻzlar koʻp. Morfologik qurilishi grammatik kategoriyalarning kamligi va morfologik shakllarning erkin qoʻllanishi bilan ajralib turadi. Grammatikada sintetik vositalardan koʻra analitik vositalar ustunlik qiladi. Otlarda koʻplik son alohida shaklga ega. Gap boʻlaklari oʻrtasidagi aloqa soʻz tartibi va yordamchi soʻzlar vositasida amalga oshadi. Lugʻat tarkibi sof avstronez qatlamidan tashqari hind, arab, niderland, ingliz va boshqalar tillardan oʻzlashgan soʻzlarni ham qamrab oladi. Bir necha yuz lugʻaviy birliklarni tanlab, farqlab ishlatish natijasida tilning uslubiy darajalari — "ngoko" (sodda til), "kromo" (xushmuomala, nazokatli til) va "madya" (oʻrtacha til) farqlanadi. Soʻzlarni tanlab ishlatishda kishilarning ijtimoiy mavqei (yoshi, qarindoshligi, lavozim darajasi va boshqalar)dan kelib chiqiladi. Hoz. bunday darajalar oʻrtasidagi farqlar yoʻqolib bormoqda.

Yozma adabiy java tili tarixida 3 davr: qadimiy (kavi, 12—13 a.gacha), oʻrta (17-asrgacha) va yangi (17-asrdan) davrlar farqlanadi. Hoz. adabiy tilga Surakarta shahri lahjasi asos boʻlgan. Java tili boy yozma adabiy anʼanalarga ega. Eng qadimiy bitiklar 732 yilga, eng qadimiy yozma yodgorlik 809 yilga mansub boʻlib, bunday yodgorliklar jan. hind yozuvlari asosida shakllangan boʻgʻinli yozuvlar (kavi va pallava)da bitilgan. Keyinchalik mazkur yozuvlar asosida charakan deb ataluvchi java yozuvi yaratilib, u 17-asrgacha — Java orolda lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy qilinguniga qadar asosiy yozuv sifatida qoʻllanib kelgan. Charakanning qoʻllanish doirasi asta-sekin torayib, 20-asrda undan faqat ayrim eski adabiy va tarixiy asarlarni nashr etishdagina foydalanilgan.

Java yozuvi (charakan) ham boʻgʻinli yozuvlardan boʻlib, undoshlarni ifodalovchi har bir belgi (harf) oʻz maxsus belgisiga ega boʻlmagan a yoki a unlilarini ham qamrab oladi, yaʼni har bir belgi "undosh +a" yoki "undosh +a" kabi talaffuz etiladi. Boshqa unlilar esa undoshlarni ifodalovchi harflar ustiga qoʻyiladigan diakritik belgilar orqali farqlanadi. Pangkan deb ataluvchi maxsus belgi soʻnggi undosh tarkibida unlining yoʻqligini bildiradi. Soʻz ichidagi undoshlar guruhi ligaturashu hosil qilib ixchamlashadi. Bunda oʻzgarmasdan, toʻliq yozilgan undosh belgilari — aksara, oʻzgarishga uchraganlari esa pasangnan deb ataladi. Atoqli otlarni ifodalashda bosh harflarning alohida qoʻrinishidan foydalaniladi. Java yozuvi nafaqat raqamlarni ifodalovchi maxsus belgilarga, balki oʻziga xos murakkab tinish belgilari tizimiga ham ega: ularning baʼzilari bizdagi (yevropacha) tinish belgilariga oʻxshasada, bajaradigan vazifalari oʻzgachadir.

13—14-asrlardan Java orolga islom dinining tarqalishi natijasida bu yerga arab yozuvi ham kirib kelib, 20-asrgacha charakan bilan bir qatorda amalda boʻlgan. 20-asrning 2-yarmida arab yozuvida uncha koʻp boʻlmagan diniy adabiyot nashr etiladi. Hoz. Java tili, asosan, lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadi.

Ad.:Teselkin A.S., Yavanskiy yazps, M., 1961; Teselkin A.S., Drevneyavanskiyyazik (kavi), M., 1963; Fridrix I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979.

Abduvahob Madvaliyev.




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. 5,0 5,1 5,2 (unspecified title)