Javlon Ibrohimov
Javlon Ibroximov (1990-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, hozirda Namanganning „Navbahor“ klubi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jovlon Abdulhayevich Ibrohimov | ||
Tavallud sanasi | 10-dekabr 1990-yil | ||
Tavallud joyi | Qarshi, OʻzSSR | ||
Boʻyi | 1.75m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 8 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007 | Traktor | 9 | (0) |
2008 | Nasaf | 4 | (0) |
2009-2010 | Lokomotiv | 26 | (2) |
2011-2019 | Bunyodkor | 168 | (20) |
2019 | Suwon | 8 | (0) |
2020-2021 | Navbahor | 11 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2011- | Oʻzbekiston | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020-yil 10-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 26-fevral uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlub
tahrirJavlon Ibrohimov professional faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan. Oʻsha yilning oxirida „Traktor“ bankrot boʻlib, tarqalib ketganidan soʻng Qarshining „Nasaf“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va u yerda bir mavsum va 4 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yil boshida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma tuzib, ikki mavsum „temiryoʻlchilar“ safida toʻp surgan va 25 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2011-yilda Toshkentning boshqa bir klubi „Bunyodkor“ga oʻtib, hozirgacha oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. 2011-yil 24-fevral kuni "Bunyodkor" sayti Jovlon Ibrohimovni „Bunyodkor“ning 2011-yilgi mavsumdagi oʻyinchisi sifatida taqdim etdi va eʼlon qildi. 2019-yil 18-fevral kuni "Bunyodkor" Ibrohimov „Suvon“ga oʻtganini eʼlon qildi. [2] U turli klublar safida Oʻzbekiston oliy ligasida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.[3]
Xalqaro
tahrir2011-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi azosi. Ibrohimov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida JCh-2014 saralash bosqichida ishtirok etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Javlon Ibrohimov Soccerway saytida
- ↑ „Жавлон Иброҳимовга омад тилаймиз!“ (Uzbek). t.me/. FC Bunyodkor Telegram (2019-yil 18-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
- ↑ „Расман: Жавлон Иброҳимов "Навбаҳор"да“. 2022-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.