Jawaharlal Nehru

Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi
(Jawaharlal Nerudan yoʻnaltirildi)

Jawaharlal Nehru (talaffuzi: Javohirlaʼl Neru; 1889-yil 14-noyabr, Ollohobod — 1964-yil 27-may, Dehli) — Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi[1].

Nehru (1920)

Milliy ozodlik kurashida Mahatma Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 yilgacha) taʼqib qilingan. 10 yildan ortiq umri qamoqda oʻtgan. Tarixda "Yangi Hindiston bunyodkori" nomi bilan mashhur. N. 1947 yil 15 avgda Dehlidagi mashhur Nal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qoʻlga kiritganligini eʼlon qilgan. Hindiston Res-publikasi bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri (1947 yildan). N. rahbarligida Hindiston xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. N. Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatdi. Uning mustamlakachilik, irkchillikka karshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qoʻyish, xalqlar oʻrtasida tenglik, doʻstlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Neru 1961-yilda qoʻshilmaslik siyosatini yaratdi. 1947 yilda harbiy bloklarga qoʻshilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan boʻlsa, hozirgi qoʻshilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari ishtirok etmoqda.



N. 1955 va 1961 yilda qizi Indira Gandi bilan Oʻzbekistonga tashrif buyurib, oʻzbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. N. "Hindistonning kashf etilishi" asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi:

"Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevar-di, hayotdan huzur qilishni yaxshi koʻrardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq boʻlib, koʻp yaxshi fazilatlarga ega boʻlgan".[2]

Manbalar

tahrir
  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir