Ispolin olxoʻrisi

(Jaynet Pryundan yoʻnaltirildi)

Ispolin olxoʻrisi, Vengerka, Jaynet Pryun — serhosil olxoʻri navi. AQSH (Kaliforniya)da chiqarilgan (L. Berbank). Daraxti baland, sershox. Bargi yirik, gullari yirik, oq. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (40—50 g), toʻq kizil, tuxumsimon, choʻziq. Eti tigʻiz, mazasi yoqimli, nordonroq, xushxoʻr, danagidan oson ajraladi. Tarkibida 17,4—25,5% quruq modda, 10,3—14,3% qand, kislota, karotin, S vitamini bor. Avgust oxirida pishadi. Sugʻoriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Koʻchati ekilgandan soʻng 4-yili hosilga kiradi. Bir tupi 100 kg gacha meva beradi. 30 yilgacha yaxshi hosil qiladi. Sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil