Jean-Christophe Yoccoz
Jean-Christophe Yoccoz (talaffuzi: Jan-Kristof Yokkoz) (29-may 1957-yil - 3-sentyabr 2016-yil) — fransiyalik matematik. Dinamik tizimlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Yoccoz Kolmogorov–Arnold–Moser teoremasini takomillashtirgan, Julia koʻpliklarini oʻrganishda qoʻl kelgan Yoccoz masalasi uslubini taklif qilgan.
Jean-Christophe Yoccoz | |
---|---|
Tavalludi |
29-may 1957-yil Paris, Fransiya |
Vafoti |
3-sentyabr 2016-yil (59 yoshda) |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar |
Laurent-Schwartz matematika markazi Paris-Sud universitetiCollège de France |
Taʼlimi |
Oliy normal maktab Politexnika maktabi |
Akademik rahbarlari | Michael Herman |
Mashhur shogirdlari |
Sylvain Crovisier Ricardo Pérez-Marco |
Mashhur ishlari |
Dinamik tizimlar Yoccoz masalasi |
Mukofotlari |
Salem mukofoti (1988) Fields medali (1994) Ilmiy xizmatlari uchun Braziliya milliy orderi (1998) |
Yoccoz 1994-yil Braziliya fanlar akademiyasi hamda Fransiya fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan. Oʻsha yili Fields medali bilan taqdirlangan. 1995-yil Fransiya Faxriy legioni ordeni kavaleri etib tayinlangan. 1998-yil esa Ilmiy xizmatlari uchun Braziliya milliy orderi bilan taqdirlangan.
Yoccoz 1973-yil Xalqaro matematika olimpiadasida kumush medalni, 1974-yilda esa oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1977-yil Parisdagi Oliy normal maktabni tamomlagan. Braziliyada harbiy xizmatni oʻtaganidan keyin, 1985-yil Laurent-Schwartz matematika markazida Michael Herman rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1987-yil Paris-Sud universitetida ishlay boshlagan. 1997-yildan oʻlimiga qadar Collège de Franceda ishlagan.