Jean Hardouin (1646-yil 23-dekabr – 1729-yil 3-sentyabr) – fransuz ruhoniy va olim. Jean hayoti davomida qadimgi qoʻlyozma nashrlar va buyuk shaxslar tarixini yozgan va shuning ortidan mashhurlikka erishgan. Uning fikricha, XIV asrdan oldin yozilgan deb hisoblangan koʻplab asarlar soxtalashtirilgan yoki boshqa nom ostida chop etilgan. Shuningdek, eng qadimgi sanʼat asarlari, tangalar va yozuvlarning haqiqiyligini inkor etgan. Hardouinning bir qator asarlarini taqiqlangan kitoblar sirasiga kirgan. Asosiy sababi kitobda gʻayrioddiy gʻoyalar ilgari surilgan.

Rassom R.Biondi tomonidan chilingan Jean Hardouin portreti

Hayoti

tahrir

Hardouin Fransiyaning Quimper shahrida tugʻilgan. Otasining kitob doʻkonida adabiyotga qiziqib 1662-yilda (16 yoshida) Parijga kelga. Shu yerda xristian dinini oʻrgana boshlagan. 1683-yilda u Lycée Louis-le-Grand kutubxonasida ishlagan va shu yerda vafot etgan.

„New Testament“ning lotincha "Vulgate" nashri saqlanib qolgan qismi yunon tilidan tarjima qilingan degan fikrga qarshi chiqqan. Harduin "New Testament"ning barcha kitoblari dastlab lotin tilida yozilgan yoki hech boʻlmaganda lotin tiliga tarjima qilingligini taʼkidlagan[1][2]. Hardouin Iso Masihning oʻzi har kuni lotin tilida gapirganini ham aytib oʻtgan. Injillardagi Iso Masihning soʻzlari oromiy tilida yozilgan parchalarni talqin qilib[3], bu Iso Masihning doimiy gapiradigan tili emasligini koʻrsatdi[4].

Garchi Hardouin telba va aqldan ozgan deb atalgan boʻlsa ham[5][6] u oʻz davrining umumiy tanqidiy tendensiyasining namunasi boʻldi. Baruch Spinoza, Thomas Hobbes yoki Jean Daille kabilarni oʻziga ustoz sifatida bilgan va ularga ergashgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. Hardouin 1741, s. 1
  2. Hardouins Prolegomena in englischer Übersetzung by Uwe Topper, in CronoLogo (2014)
  3. Matthew 27:46; Mark 5:41, 7:34, 15:34
  4. Hardouin 1741, ss. 3–4
  5. Momigliano 1950, s. 302
  6. Watkins 2019, ss. 487–8
  7. The Oxford History of Historical Writing (Oxford University Press, 2012), p. 270