Jekson
Jekson — AQSH jan.dagi shahar, Meksikaboʻyi pasttekisligida, Perl daryosi boʻyida. Missisipi shtatining maʼmuriy markazi va eng katta shahri. Aholisi 196,6 ming kishi (2000; shahar atrofi bilan birga 400 ming). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Q. x. rayonining savdo-moliya markazi. Oziqovqat, oʻrmonchilik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, silikat-keramika, mebel sanoati korxonalari, yirik aeroport bor. Avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi. Shaharga 1790 yilda asos solingan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |