Jens Maier (1962-yil 10-fevral, Bremen)[1] — nemis sudyasi va „Germaniya uchun muqobil“ partiyasi aʼzosi, siyosatchi. Saksoniya yerlari Konstitutsiyani himoya qilish boʻyicha davlat boshqarmasi uni oʻng qanot radikali sifatida tasniflagan. 2022-yil 24-mart holatiga ko‘ra, zaxiradagilar o‘rindig‘idan chetlashtirilgan[2].

Jens Maier
Bundestag a'zosi
Mansab davri
24-oktabr 2017 – 26-oktabr 2021
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-fevral 1962-yil (1962-02-10) (62 yosh)
Millati Nemis
Siyosiy partiyasi AfD

Faoliyati

tahrir

Mayer Tyubingen universitetida huquq fakultetida tahsil olgan. Drezdendagi Landesgericht sudyasi va davlat boshqaruvida turli lavozimlarda ishlagan[3]

Maier 2017-yilda Saksoniya boʻyicha Germaniya federal saylovlaridan keyin Bundestag aʼzosiga aylanadi[4]. Maier „Germaniya uchun muqobil“ partiyasining ekstremistik qanoti boʻlmish „Der Flügel“ aʼzosi hisoblanadi[5]. Shu sababli Saksoniya yerlari Konstitutsiyani himoya qilish boʻyicha davlat boshqarmasi (Landesamt für Verfassungsschutz Sachsenning) uni oʻta oʻng ekstremist sifatida tasniflagan[5].

Mayer 2021-yilgi Germaniya federal saylovlarida magʻlub boʻldi va Bundestagdagi oʻz oʻrnini yoʻqotdi[6] Bundestagni tark etgach, Yens Mayer 2022-yil fevral oyida Saksoniya sud tizimining davlat xizmatiga sudya sifatida qaytish uchun ariza berdi. Uning radikal oʻng qanotdagi faoliyati tufayli, sudya sifatida „shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib“ hukm qilishi mumkinligi jamoatchilikda katta shubha uygʻotdi[7]. Sakson Adliya vaziri Katja Meyer (Alliance 90/The Greens) daʼvo borligini va „janob Mayer“ 2022-yil 14-martdan boshlab Dippoldisvalde tuman sudida tuman sudyasi sifatida sud xizmatiga qaytarilishini eʼlon qildi. Shu bilan birga, u Deutsches Richtergesetz (Germaniya sudyalari qonuni) 31-qismiga binoan nafaqaga chiqish uchun ariza topshirgan edi[8]. 2022-yil 24-martda Landgericht Leyptsig uni hozircha (adolat manfaati uchun nafaqaga chiqish uchun keyingi ariza boʻyicha qaror qabul qilinmaguncha) sudyalar zaxira oʻrindigʻiga qaytishni taqiqlab qoʻydi, chunki Maier shunday qilishi aniq edi. Maier oʻz lavozimi „AfD sudyasi“ sifatida olib borishi va bu ishi mustaqil va obyektiv sudyaning huquqiy modeliga mos kelmasdi[9].

Manbalar

tahrir
  1. „Deutscher Bundestag - Jens Maier“ (2021-yil 6-oktyabr). 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  2. „Jens Maier darf vorerst kein Richter sein“ (de). Legal Tribune Online (2022-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  3. „Deutscher Bundestag - Jens Maier“ (2021-yil 6-oktyabr). 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.„Deutscher Bundestag — Jens Maier“. 6 October 2021. Archived from the original on 6 October 2021. Retrieved 19 October 2021.
  4. „Wird AfD-Politiker Jens Maier wieder als Richter arbeiten?“ (de). www.mdr.de (2021-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 „AfD: Verfassungsschutz stuft Jens Maier als rechtsextrem ein“ (de). Der Spiegel (2020-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  6. „Wird AfD-Politiker Jens Maier wieder als Richter arbeiten?“ (de). www.mdr.de (2021-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.„Wird AfD-Politiker Jens Maier wieder als Richter arbeiten?“. www.mdr.de (in German). 28 September 2021. Retrieved 19 October 2021.
  7. Welle (www.dw.com). „AfD-Politiker als Richter: Staatsfeind in Robe? | DW | 11.02.2022“ (de-DE). DW.COM. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  8. Locke, Stefan; Dresden. „AfD-Richter Maier: Ministerin will "kleinen Höcke" in den Ruhestand schicken“ (de). FAZ.NET. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  9. „Jens Maier darf vorerst kein Richter sein“ (de). Legal Tribune Online (2022-yil 25-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.„Jens Maier darf vorerst kein Richter sein“ [Jens Maier is not allowed to be a judge for the time being]. Legal Tribune Online (in German). 25 March 2022. Retrieved 26 March 2022.