Jerard Jozef Malanga (inglizcha: Gerard Joseph Malanga; 1943-yil 20-mart, Nyu-York, Bronks tumani) amerikalik shoir, fotograf, kinematograf va zamonaviy sanʼat kuratori hisoblanadi. Eng koʻp „Endi Uorxolning oʻng qoʻli“ sifatida tanilgan[1].

Jerard Malanga
Tavalludi
Джерард Джозеф Маланга

1943-yil 20-mart
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Shoir, fotograf

Biografiyasi

tahrir

Jerard Malanga 1943-yilda Bronksda italiyalik muhojirlar oilasining yagona farzandi sifatida dunyoga kelgan. 1960-yilda reklama dizayni boʻyicha ixtisoslashgan oʻrta maktabni tugatgan. Shu yili Sinsinnati universiteti Sanʼat va dizayn kollejiga (Ogayo shtatidagi Sinsinnati) oʻqishga kirgan, u yerda uning ustozlaridan biri Richard Eberxart boʻlgan. Biroq Malanga bahor semestrining oxirida universitetni tark etgan. 1961-yil kuzida Nyu-Yorkdagi Vagner kollejiga oʻqishga kirgan. U yerda uning shoirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun nomalum shaxs tomonidan xayriya qilingan stipendiya olgan[2]. Bundan tashqari Jozef Malanga Nyu-Yorkda ingliz tili oʻqituvchilaridan biri Villard Maas va uning rafiqasi Meri Menken bilan doʻstlashdi. Ushbu juftlik shoirga ustozlik qilishdi[3].

Jerard Malanga rassomning ijodiy faoliyatidagi eng yorqin davrda – 1963-yildan 1970-yilgacha Endi Uorxol bilan yaqindan hamkorlik qilgan[4]. 1992-yilda The New York Times gazetasi uni „Endi Uorholning eng muhim hamkori“ deb atadi (Ingliz Andy Warholning eng muhim hamkori)[5][6].

Malanga Uorholning trafaret rangtasviri va kinematografiya sohasidagi ishlarining barcha bosqichlarida ishtirok etgan. U „Vinil“, „Chelsi qizlari“ va „Kiss“ kabi koʻplab ilk filmlarda rol ijro etgan. 1966-yilda u The Velvet Underground guruhi bilan birga Uorholning „Exploding Plastic Inevitable“ nomli multimedia tomoshasida qatnashgan. Qiziq tomoni shundaki, Jim Morrison uni shunday tomoshalarning birida koʻrgan va Malanganing aytishicha, uning uslubini oʻz konsertlari uchun oʻzlashtirgan[7].

1960-yillarning ikkinchi yarmida Malanga italiyalik model Benedetta Bardzini bilan munosabatda boʻlgan. 1967-yilda u Bardzinini oʻzining „Moʻjiza izlab“ (In Search of the Miraculous) nomli qisqa metrajli filmida bosh rolga taklif etib, suratga olgan[8][9][10].

Manbalar

tahrir
  1. „History of Photography: Gerard Joseph Malanga“. 2013-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
  2. „Gerard Malanga“ (en). David R. Godine, Publisher. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  3. „«Gerard Joseph Malanga» History of Photography“. 2013-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
  4. „Gerard Malanga's Journey From Andy Warhol's Stage Dancer To Factory Poet“. 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
  5. „"Warhol's most important associate"“. 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
  6. „"Warhol's most important associate"“. 2013-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-iyul.
  7. . 
  8. „The Boldly Heroic Benedetta Barzini: Marxist, Model and Muse“. AnOther (2017-yil 23-avgust). 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  9. „In Search of the Miraculous“. Viennale. 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  10. Chiara, Donn „The Years of Gerard Malanga“. Vogue Italia (2014-yil 15-dekabr). 2023-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.