JetBlue Airways
JetBlue Airways — Amerikaning JetBlue Airways Corporationga tegishli arzon narxlardagi aviakompaniyasi (loukost)[1].
Kompaniyaning bosh ofisi Nyu-Yorkda Kvins hududida, uy aeroporti esa Jon Kennedi xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya asosan AQSh, Karib dengizi va Meksikaga, shuningdek,Bagama va Bermud orollariga parvoz qiladi[2]. Skytrax maʼlumotlariga koʻra, JetBlue AQSh aviakompaniyalari orasida eng yuqori reytingga ega va mamlakatdagi yagona toʻrt yulduzli aviakompaniya hisoblanadi.
Yoʻnalishlar
tahrir2018-yil holatiga koʻra, JetBlue Shimoliy va Janubiy Amerikaning turli davlatlari va mamlakatlaridagi 100 dan ortiq punktlarga parvoz qiladi.
Flot
tahrir2021-yilning iyul oyida JetBlue Airways aviakompaniyasining havo floti quyidagi samolyotlardan iborat edi[3]:
Samolyot | Miqdori | Buyurtma qilingan | Yoʻlovchilar | Izohlar | ||
---|---|---|---|---|---|---|
Biznes klassi | Iqtisodiyot Sinf | Jami | ||||
Airbus A220-300 | 3 | 100 | 0 | 140 | 140 | — |
Airbus A320-200 | 130 | 0 | 42 | 108 120 |
150 162 |
— |
Airbus A321-200 | 63 | 8 | 0 16 |
200 143 |
200 159 |
Ular turli xil ichki konfiguratsiyalarga ega. |
Airbus A321neo | 20 | 85 | 0 | 200 | 200 | — |
16 | 144 | 160 | — | |||
Embraer 190 | 60 | 0 | 16 | 84 | 100 | Airbus A220-300 bilan almashtiriladi. |
Jami | 276 | 193 | — | — |
Hodisalar
tahrirJetBlue oʻz samolyotlari bilan bogʻliq bir necha hodisalarni boshdan kechirgan, ammo ularning hech biri samolyotning buzilishi yoki odamlarning halok boʻlishiga olib kelmagan. Eng mashhurlari:
- 2005-yil 21-sentabrda Berbankdan Nyu-Yorkka 292-reys bilan uchayotgan Airbus A320 uchuvchilari parvozdan koʻp oʻtmay shassining old stoykasi nosozligini aniqlagan. Samolyot Los-Anjeles xalqaro aeroportiga favqulodda qoʻnishdan oldin yoqilgʻini yoqish uchun havoda uch soat vaqt oʻtkazdi. Samolyot qoʻnish paytida koʻrinadigan yagona zarar — shassi buzilganligi boʻlgan. Odamlardan hech kim jabrlanmagan[4].
- 2013-yil 9-mart kuni Nyu-York xalqaro aeroportida „JetBlue Airways“ samolyoti „Air India“ samolyoti bilan toʻqnashib ketdi. Odamlardan hech kim jabrlanmadi. Ikkala samolyot ham shikastlangan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Направления на сайте авиакомпании Архивная копия от 6 июля 2011
- ↑ „Airlines Archive - Page 1“ (en-GB). Skytrax. 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
- ↑ „JetBlue Airways Fleet Details and History“. www.planespotters.net. 2021-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
- ↑ Отчёт Национального совета по безопасности на транспорте США (WebCite saytida 2013-01-25 sanasida arxivlangan)
- ↑ „В аэропорту Нью-Йорка столкнулись два пассажирских самолета“. 2017-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-mart.