Ji So Yun (koreyscha: 지소연, koreyscha talaffuzi: [tɕi.so.jʌn]; 1991-yil 21-fevralda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, WK League klubi «Suwon FC» va Janubiy Koreya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Ji So Yun
Women's_FA_Cup_Final_2015_(19584762604)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 지소연
Tavallud sanasi 21-fevral 1991-yil (1991-02-21) (33 yosh)
Tavallud joyi SeulJanubiy Koreya Janubiy Koreya
Boʻyi 160 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Suwon FC
Raqami 91

Klubdagi karyera

tahrir

Ji oʻz faoliyatini Yaponiyada 2011 va 2013-yillar oraligʻida L. Ligasi INAC chempioni Kobe Leonessa jamoasida oʻynab boshlagan. 2013-yilning noyabrida Ji Angliyaning Chelsi klubidan taklif olgan[1]. 2014-yil yanvar oyida u ikki yillik shartnomaga rozi boʻlgan[2]. Oʻsha oyda transfer rasman tasdiqlanganida, «Chelsi» bosh murabbiyi Emma Xeys Ji haqida shunday dedi: U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri va muxlislarimiz uni yaxshi koʻrishadi[3]. Yaponiya klubidagi soʻnggi oʻyinlaridan birida Ji Xalqaro ayollar klublari chempionati finalida oʻzining yangi klubi «Chelsi» darvozasiga gol urdi[4].

Ji Angliyadagi birinchi mavsumidan soʻng yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. U 2015-yil aprel oyida PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan shuningdek, PFA WSL yilning eng yaxshi jamoasiga kiritildi[5][6].

«Uembli» stadionida birinchi marta oʻtkazilgan 2015-yilgi ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi finalida Ji «Chelsi» uchun kubokni qoʻlga kiritish oʻyindagi yagona golni kiritdi[7]. 2015-yil oktabr oyida u «Chelsi»ning «Sanderlend» ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida ham gol urdi, bu esa klubning birinchi FA WSL chempionligini, shuningdek, Liga va Kubokning dublini ta’minladi[8].

2018-yilning 1-aprelida Ji «Arsenal»ga qarshi oʻyinda (1:1) «Chelsi» safidagi 100-uchrashuvini oʻtkazdi[9].

Yillar davomida «Chelsi»dagi oʻyinlarni hisobga olib, The Guardianʼdan Syuzanna Rak Ji WSL tarixidagi eng yaxshi chet ellik futbolchi ekanligini aytgan[10].

Sakkiz yilni «Chelsi»da oʻtkazgandan soʻng, Ji 2021/22-yilgi mavsumdan keyin klubni tark etdi. U 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va barcha musobaqalarda 68 ta gol urdi, bundan tashqari, oltita liga chempionligi, toʻrtta Angliya kubogi, ikkita Liga kubogini qoʻlga kiritdi[11]. 2022-yil 24-may kuni Ji oʻz vataniga qaytib keldi va WK League jamoasi Suwon FCga qoʻshildi, bu uning Janubiy Koreya klubidagi ilk faoliyati boʻldi[12].

Terma jamoadagi karyera

tahrir
 
Ji So Yun  Argentinaga qarshi o'yinda  Janubiy Koreya tarkibida

Ji Janubiy Koreyani 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar darajasida himoya qilgan va 2009-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi va 2010-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida oʻynagan[13]

2006-yil oktabr oyida Ji oʻzining katta jamoadagi debyutini oʻtkazdi va 2006-yilgi Jahon malikasi kubogida oʻynadi. 2006-yil 30-noyabrda u 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida Xitoy Taypeyi darvozasiga ikkita gol urib, Janubiy Koreyaning katta terma jamoasi uchun eng yosh toʻpurarga (15 yosh, 282 kun) aylandi[14][15].

Ji 64 ta gol bilan Janubiy Koreya ayollar jamoasining eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi[16].

Karyera statistikasi

tahrir
klubdagi natijalar
Klub Liga Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Umumiy
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
INAC Kobe Leonessa Nadeshiko League 1 2011 16 8 4 0 20 8
2012 16 4 3 0 6 3 25 7
2013 16 9 4 6 9 3 2 1 31 19
Umumiy 48 21 11 6 15 6 2 1 76 34
Chelsi FA WSL 2014 12 3 2 2 5 4 19 9
2015 14 5 4 3 4 2 4 0 26 10
2016 16 5 4 5 1 0 2 0 23 10
2017 7 4 3 2 10 6
2017–18 14 6 3 2 5 1 6 3 28 12
2018–19 17 6 3 1 2 0 8 2 30 9
2019–20 13 6 2 0 4 1 19 7
2020–21 19 2 1 0 4 0 8 1 1 0 33 3
2021–22 12 0 4 2 1 0 5 0 22 2
Umumiy 124 37 26 17 26 8 33 6 1 0 210 68
Karyerada umumiy 172 58 37 23 41 14 35 7 1 0 286 102

Yutuqlar

tahrir
 
Lee Myung Bak va Ji So Yun

  Inac Kobe Leonessa

tahrir
  • Nadeshiko ligasi gʻolibi 2011, 2012, 2013
  • Empress's kubogi: 2011, 2012, 2013
  • Nadeshiko kubogi: 2013
  • Xalqaro ayollar oʻrtasida chempionat: 2013

  Chelsi

tahrir
  • FA Ayollar super ligsi: 2015, 2017, 2017–18, 2019–20, 2020–21, 2021–22
  • FA Ayollar kubogi: 2014–15, 2017–18, 2020–21, 2021–22
  • FA Ayollar liga kubogi: 2019–20, 2020–21
  • FA Ayollar jamiyat qalqoni : 2020

 Janubiy Koreya U20

tahrir
  • FIFA U-20 Ayollar oʻrtasida jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2010
  • AFC U-20 Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi Ikkinchi oʻrin: 2009
 
Ji So Yun Chelsi  tarkibida

 Janubiy Koreya unversiadasi

tahrir
  • Yozgi unversiada: 2009

 Janubiy Koreya

tahrir
  • Osiyo oʻyinlari bronza medal: 2010, 2014, 2018
  • AFC Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi Ikkinchi oʻrin: 2022

Shaxsiy yutuqlar

tahrir
  • FIFA ayollar oʻrtasida yilning eng yaxshi futbolchisi nomzodi:2010-yil (6- oʻrin)
  • FIFAning eng yaxshi ayol futbolchisi nomzodi:2020-yil (11- oʻrin)
  • FIFA FIFPro Womenʼs World11 nomzodi: 2020-yil
  • FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush toʻpi: 2010-yil
  • FIFA U-20 Ayollar Jahon chempionati Kumush butsa: 2010-yil
  • Yozgi Universiadaning eng qimmat futbolchisi:2009-yil
  • FA ayol oʻyinchilar orasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil
  • PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2014–15
  • PFA Yil jamoasi (FA WSL)]]:2014–15, 2015–16,2017–18, 2018–19, 2019–20
  • U-19 ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2009-yil

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir