Jiang Zhipeng
Jiang Zhipeng (1989-yil 6-martda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida Shenzhenda oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jiang Zhipeng | ||
Tavallud sanasi | 6-mart 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Qingdao, Shandong, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shenzhen | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2005 | Genbao Football Academy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2010 | Shanghai East Asia | 53 | (6) |
2011—2013 | Shanghai Shenxin | 85 | (1) |
2014—2017 | Guangzhou R&F | 108 | (3) |
2018—2019 | Hebei China Fortune | 56 | (2) |
2020- | Shenzhen | 18 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2013- | Xitoy | 26 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (31-dekabr 2020-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-dekabr 2019-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirJiang Zhipeng futbolchilik faoliyatini 2000-yilda Genbao futbol akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan va 2006-yilgi mavsumda Shanhai East Asianing birinchi jamoasiga koʻtarilgan. 2010-yil 10-dekabrda Jiang Vang Jiayu bilan birga Nanchang Hengyuan jamoasiga jami 6 million yevro evaziga oʻtdi. U klubdagi ilk golini 2011-yilning 24-sentyabrida „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda (5:2) kiritgan. Jiang 2011-yilgi mavsumda ligada 28 ta oʻyin oʻtkazgan va bu Nanchangning 2012-yilgi mavsumda yuqori ligada qolishini taʼminlagan. U 2012-yilda Shanhaiga koʻchib oʻtishga qaror qilgan.
2014-yilning 29-yanvarida Jiang Xitoy Superligasi jamoasi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan[1]. U klub uchun debyutini 2014-yil 9-mart kuni liga oʻyinida „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan[2]. 2014-yilgi mavsum oxiriga kelib, u oʻzini jamoaning muhim aʼzosi sifatida koʻrsatgan va Guangzhou R&Fni ligada uchinchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan va klub tarixida birinchi marta OFK Chempionlar ligasiga yoʻllanma olgan[3].
2018-yil 22-fevralda Jiang yuqori divizion vakili Shebey China Fortune jamoasiga oʻtgan[4]. U 2020-yil 3-mart kuni „Tianjin TEDA“ klubiga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynagan liga oʻyinida debyut qilgan[5]. Klubdagi ikki mavsumdan soʻng u 2020-yil 16-iyulda Shengzhendagi boshqa top-darajadagi klubga qoʻshilgan[6]. U 2020-yil 26-iyul kuni Guanzhou R&F FCga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan liga oʻyinida debyut qilgan[7].
Xalqaro faoliyati
tahrirJiang Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2013-yilning 6-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan[8]. Keyin murabbiy Alen Perren uni 2015-yilgi Osiyo Kubogiga chaqirishga qaror qilgan, u yerda Jiang Xitoyning barcha oʻyinlarida ishtirok etgan, ular chorak finalda Avstraliyadan magʻlubiyatga uchrab musobaqani tark etgan[9].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shanghai East Asia | 2006 | Xitoy Ikkinchi Ligasi | - | - | - | |||||||
2007 | - | - | - | |||||||||
2008 | Xitoy Birinchi Ligasi | 13 | 1 | - | - | - | 13 | 1 | ||||
2009 | 21 | 5 | - | - | - | 21 | 5 | |||||
2010 | 19 | 0 | - | - | - | 19 | 0 | |||||
Jami | 53 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 53 | 6 | ||
Shanghai Shenxin | 2011 | Xitoy Super Ligasi | 28 | 1 | 2 | 1 | - | - | 30 | 2 | ||
2012 | 28 | 0 | 0 | 0 | - | - | 28 | 0 | ||||
2013 | 29 | 0 | 1 | 0 | - | - | 30 | 0 | ||||
Jami | 85 | 1 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 88 | 2 | ||
Guangzhou R&F | 2014 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 1 | 2 | 0 | - | - | 31 | 1 | ||
2015 | 25 | 1 | 1 | 0 | 7 | 1 | - | 33 | 2 | |||
2016 | 26 | 1 | 5 | 0 | - | - | 31 | 1 | ||||
2017 | 28 | 0 | 3 | 0 | - | - | 31 | 0 | ||||
Jami | 108 | 3 | 11 | 0 | 7 | 1 | 0 | 0 | 126 | 4 | ||
Hebei China Fortune | 2018 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 1 | 2 | 0 | - | - | 31 | 1 | ||
2019 | 27 | 1 | 0 | 0 | - | - | 27 | 1 | ||||
Jami | 56 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 58 | 2 | ||
Shenzhen | 2020 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 0 | 1 | 0 | - | - | 19 | 0 | ||
Karyerada jami | 320 | 12 | 17 | 1 | 7 | 1 | 0 | 0 | 344 | 14 |
Xalqaro statistika
tahrirMilliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2013 | 1 | 0 |
2014 | 5 | 0 |
2015 | 8 | 0 |
2016 | 3 | 0 |
2017 | 6 | 0 |
2018 | 1 | 0 |
2019 | 2 | 0 |
Jami | 26 | 0 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirShanghai East Asia
- Xitoy Ikkinchi ligasi : 2007-yil
Shaxsiy yutuqlar
tahrir- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2016, 2017
Manbalar
tahrir- ↑ 富力官方宣布签约申鑫国脚边卫+中场 埃里克森钦点 at sports.sina.com 2014-01-29 Retrieved 2014-02-29
- ↑ „TIANJIN TEDA VS. GUANGZHOU R&F 1-1“. uk.soccerway.com (9-mart 2014-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.
- ↑ „China 2014“. rsssf.com (2-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.
- ↑ „公告 | 至臻至强!姜至鹏正式加盟河北华夏幸福足球俱乐部“. Hebei China Fortune F.C. (22-fevral 2018-yil). 22-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2018-yil.
- ↑ „TIANJIN JINMEN TIGER VS. HEBEI CFFC 1 - 1“. soccerway.com (3-mart 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „深圳佳兆业公布新援名单 孙可、姜至鹏等14人加盟“. sohu.com (16-iyul 2020-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „SHENZHEN VS. GUANGZHOU R&F 3 - 0“. soccerway.com (26-iyul 2020-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2021-yil.
- ↑ „CHINA PR VS. UZBEKISTAN 1-2“. uk.soccerway.com (9-mart 2014-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.
- ↑ „AFC ASIAN CUP AUSTRALIA 2015“. the-afc.com (22-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2017-yil.