Jimjitlik
"Jimjitlik" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad ijodiga mansub boʻlgan roman. Roman yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kurashiga bagʻishlangan. Ilk bora 1986-1987-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida davomli eʼlon qilingan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti asarni1989-yillarda 150 000 nusxada bosib chiqardi.[1]
2016-yilgi nashr | |
Muallif(lar) | Said Ahmad |
---|---|
Til | o'zbek |
Janr(lar)i | Roman |
Nashriyot | Sano-standart nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
Sahifalar soni | 336 bet |
ISBN | ISBN 978-9943-4621-2-0 |
Ammo, oʻsha davrdagi yakkahokimlik mafkurasiga xizmat qiluvchi senzura muallifni ogohlantirmasdan asarning uchdan bir qismini olib tashladi. Oqibatda, „mayib“ asar oʻquvchilar qoʻliga tegdi.
Muallif oʻn toʻrt yil davomida romanni qayta tiklash, yoʻqotilgan joylarini toʻldirish uchun koʻp marotaba urindi. U romanni bugungi kun talablariga mos tarzda qayta ishladi va oʻquvchilar eʼtiboriga havola etdi.
Romanning yangilangan versiyasi 2008-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 280 betli 5000 nusxada va 2016-yilda Sano-standart nashriyoti tomonidan 336 betli yumshoq muqovada qayta nashr etildi.
Sujet
tahrirJimjitlik romanida sovet davridagi rahbarlarning chirkin hayoti, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar taziyqi ostida Afrikada yashagan, ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday jirkanchlikka tayyor xotinboz rais Mirvali, otasi oʻldirilib, onasi Mirlvali tomonidan tortib olingan Azizbek kabi insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Asarda turgʻunlik davri illatlari mukammal tarzda ochib berilgan.
Romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojiyaviy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, „bebosh“ ifoda tarzi bilan jozibalidir.
Qahramonlari
tahrir- Tolibjon- bosh qahramon. Olim. Amaldorlar taziyqi bilan uzoq yillar davomida vatanidan olisda yashagan, ayoli va farzandi vafotidan keyin tugʻilib oʻsgan uyiga qaytgan, onasining taʼbiri bilan aytganda „baxtini tuproqqa koʻmib kelgan“ inson.
- Mirvali- Tolibjonning doʻsti. Kolxoz rayisi.
- Zaynab- Tolibjonning singlisi.
- Kampir-90 yoshdan oshgan koʻzi koʻr boʻlib qolgan ayol, Tolibjonning oʻgay onasi.
- Azizbek- otasi Mirvali tomonidan oʻldirtirilgan, onasini Mirvali mashuqa qilib olgan yigit.
- Jayrona - Tolibjon chet elda uchratgan tarjimon qiz, aslida "Davlat xavfsizligi mayori" bo'ladi.
- Erali - "Eshshakquloq" laqabli chavandoz kishi.
- Asqarali - Mirvali tomonidan o'ldirilgan va mushuklarga yem bo'lgan obraz.(Uning qanday o'lishini yolg'iz Azizbek ko'rib qoladi)
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiiqtibosda Jimjitlikga tegishli iqtiboslar mavjud. |